Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə293/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

rasmiy 
mezon
deyiladigan mezon dalolat beradi. Ushbu mezon shundan iboratki, 
barcha mansabdor shaxslarning harakatlari nafaqat mohiyati yuzasidan, 
balki rasmiy jihatidan ham qonuniy bo‘lishi lozim, ya’ni faqat qonun bilan 
belgilangan shakliga amal qilingan holdagina amalga oshirilishi mumkin. 
Shu munosabatda mansabdor shaxslarning rasmiy ravishda noqonuniy 
387 


bo‘lgan va aslida huquqqa qarshi bo‘lgan harakatlariga qarshigina zaruriy 
mudofaaga yo‘l qo‘yilishi mumkin . 
Zaruriy mudofaa qonuniyligining ikkinchi sharti – tajovuz mavjud 
bo‘lishidir.
Tajovuz mavjudligi
deb, obyektiv ravishda shu ondagi va boshqacha 
oldini olib bo‘lmaydigan holda ijtimoiy xavf yetkazishi mumkin bo‘lgan 
qilmish sifatida tavsiflaydigan belgilarning jamuljamligi tushuniladi.
Huquqqa qarshi qilmish mavjudligi quyidagi hollarda aniqlanadi: 
– shu ondagi zarar yetkazishning haqiqiy xavfi mavjud bo‘lganda; 
– zarar yetkazilayotgan paytda. 
Huquqqa qarshi tajovuzning mavjudligi va uni amalga oshirishning 
haqiqiy xavfi bo‘lganda shaxsning mudofaa qilinadigan manfaatga shu 
ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishining 
haqiqiy xavfi yuzaga kelgan holdayoq tajovuzchi shaxsga zarar yetkazish 
huquqini ko‘zda tutadi. Bu holda shaxs tajovuzning o‘zi yuzaga 
kelishining oldini olishga qaratilgan zaruriy mudofaaning preventiv (oldini 
oluvchi) choralarini amalga oshiradi. Shunday qilib, mudofaalanuvchi 
huquqqa qarshi harakatning yoki harakatsizlikning amalda oshirila 
boshlanishini, albatta, kutib o‘tirishi shart emas, chunki bu ba’zi holatlarda 
qonun bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazilishi xavfi ostiga 
qo‘yishi mumkin, fuqarolar tomonidan ushbu talabning bajarilishi esa 
og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lar edi. 
Huquqqa qarshi tajovuzning va uni amalga oshirishning haqiqiy xavfi 
mavjudligi masalasi tergov va sud organlari tomonidan haqiqiy 
ma’lumotlarga asoslangan holda mudofaalanuvchining subyekt 
tasavvurlaridan kelib chiqib hal etilishi lozim. Boshqacha aytganda, 
zaruriy mudofaani amalga oshiruvchi shaxsning huquqqa qarshi 
tajovuzining va uni amalga oshirishining haqiqiy xavfi mavjudligi 
to‘g‘risidagi subyekt tasavvuri amaliy vaziyatga, tajovuz qiluvchining 
haqiqiy harakatlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Xususan, ular so‘zlar, 
imo-ishoralar bilan muayyan tahdid qilish, qurolni namoyish etish va 
boshqa qo‘rqitish usullari bo‘lishi mumkin. 
388 


Zarar yetkazishning haqiqiy xavfi tug‘ilmagan, ya’ni tajovuz mavjud 
bo‘lmagan hollarda, shuningdek, zaruriy mudofaa holati ham yo‘qligini 
ko‘zda tutish lozim. Shu sababli bunday holda taxmin etilgan tajovuzchiga 
zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim. 
Huquqqa qarshi tajovuzning uni amalga oshirish davrida (ya’ni, zarar 
yetkazilayotgan vaqtda) mavjudligi so‘zsiz bo‘ladi, bu davr tajovuzning 
amalda davom etish davridir. Shu munosabatda jinoiy qilmishning aslida 
boshlanishi va tugashi masalalari alohida e’tiborga molik bo‘ladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin