harakatni amalga oshirishdan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararga
nisbatan ancha og‘irroq zarar yetkaziladi. Bunday hollarda, himoya qilish
zaruriy bo‘lmaydi va muvofiq bo‘lmaydi. Bunday himoya qilish so‘zsiz
holda tajovuzning xarakteri bilan ham, xavfi bilan ham, u sodir bo‘lgan
haqiqiy vaziyat bilan ham keltirib chiqarilmagan mudofaa vositalari va
usullarini qo‘llash oqibati bo‘lishi mumkin.
Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish faqat qat’iy belgilangan
holatda – zaruriy mudofaa holatida bo‘lishi mumkin, bu esa muayyan
qilmishda zaruriy mudofaa qonuniyligining barcha shartlari mavjud
bo‘lishini talab etadi. Ayni paytda, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga
chiqish shaxs xayoliy tajovuzdan himoya qilishni amalga oshirgan hollarda
– xayoliy mudofaa holatlarida ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan,
xayoliy mudofaada shaxsning harakatlari bilan tegishli haqiqiy tajovuz
sharoitida yo‘l qo‘yiladigan zararning chegarasidan ochiq-oydin chetga
chiqadigan zarar yetkazilgan bo‘lsa, ular zaruriy mudofaa chegarasidan
chetga chiqish deb malakalanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: