Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


faqat uchinchi shaxslarning huquqlari va



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə309/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

faqat uchinchi shaxslarning huquqlari va 
manfaatlariga zarar yetkazishi lozim.
Uchinchi shaxslar
deb, oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfni 
yuzaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar
umuman davlat va jamiyat tushuniladi.
U yoki bu shaxsni, jamiyat yoki davlatni 
JK 38-moddasi
ma’nosida 
uchinchi shaxs deb tan olish uchun yuzaga kelgan xavfga daxlsizligini ham 
subyekt, ham obyektiv alomati sifatida aniqlash lozim bo‘ladi. Jumladan, 
obyektiv elementi tegishli shaxs, jamiyat yoki davlat faoliyati amalda 
oxirgi zaruratda bartaraf etiladigan xavfga olib kelmaganligini ko‘zda 
tutadi. Subyekt tomonidan esa, uchinchi shaxslarning huquqlari va 
manfaatlariga yetkazilgan zarar deb tan olish uchun oxirgi zarurat holatida 
harakat qilgan shaxs ushbu shaxslarning bartaraf etilayotgan xavfga daxli 
yo‘qligini anglab yetishi va ularga zarar yetkazishni istaganligi holatini 
aniqlash kerak bo‘ladi. 
Oxirgi zarurat holati qonuniyligining majburiy sharti 
yetkazilgan 
zarar oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi
talabidir. Yetkaziladigan 
zarar va bartaraf etilgan xavf muvofiqligining ushbu talabi oxirgi zaruratda 
zarar tajovuzchining o‘ziga emas, uchinchi shaxslarning qonun bilan 
qo‘riqlanadigan huquqlari va manfaatlariga yetkazilishi tufayli kelib 
chiqadi. 
408 


Teng zarar, shuningdek, kattaroq zarar yetkazilishi muvofiqlik 
shartining buzilishi bo‘ladi. Ayni paytda ushbu shart subyektning mumkin 
bo‘lganlaridan eng kam zarar yetkazish majburiyatini bildirmaydi. 
Shuning uchun, agar xavfni bartaraf etish uchun shaxsning bartaraf 
etiladigan xavfga qaraganda kamroq zarar yetkazadigan bir necha usullari 
mavjud bo‘lsa, u holda shaxs ulardan istalgan usulni qo‘llashga haqli 
bo‘ladi va uning harakatlari oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb 
qaralishi lozim. Bunda sodir etilgan qilmishni malakalashga ushbu 
usullardan birortasi boshqalariga qaraganda kamroq zararga olib kelishi 
ta’sir etmaydi. Bu holda faqat yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan 
kamroqligi ahamiyatli bo‘ladi. 
Yetkazilgan va oldi olingan zararning muvofiqligi zarar yetkazilgan 
va yetkazilmagan ne’matlar va manfaatlarning muvofiqligini bildiradi. 
Ushbu zarar turlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini qiyoslashda asos 
qilib olish mumkin bo‘lgan usul mavjud emas. Qaysi ne’mat qimmatli 
ekanligi, qaysi zarar kamroq bo‘lishi masalasi har bir muayyan holda 
ishning aniq holatlariga bog‘liq holda hal etiladi. Bunda zarar yetkazilishi 
oldi olingan buzilgan ne’matning muhimligi, tahdid solgan xavf turi, xavf 
bartaraf etilmagan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va 
hokazolar hisobga olinadi. 
Tergov va sud organlari yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning sifat-
miqdor muvofiqligi tamoyiliga tayanishi kerak, jumladan: 
– 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin