Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


qonun  shaxsning oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmasligi



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə311/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

qonun 
shaxsning oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqmasligi
shartini 
ko‘rsatadi 
(JK 38-moddasi 2-qismi)

«Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bo‘lsa 
yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan 
qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi 
zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi» 
(JK 38-moddasi 3-
qismi)

Shuni qayd etish lozimki, bu shartlardan hech bo‘lmasa bittasi 
bo‘lmaganda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb hisoblanadi: 
qilmish majburiyligi yoki yetkazilgan zarar muvofiqligi va ularning 
jamuljamligi bu holda talab etilmaydi. Ayni paytda oxirgi zarurat 
chegarasidan chetga chiqish faqat shunday zarurat bo‘lganda mumkin 
bo‘ladi, shuning uchun qilmishni oxirgi zarurat chegarasidan chetga 
chiqishda sodir etilgan deb tan olish uchun tergov va sud organlari oxirgi 
410 


zarurat holati mavjudligini, ya’ni majburiyligi yoki muvofiqligidan 
tashqari barcha avval sharhlangan shartlar mavjudligini aniqlashi lozim. 
Shaxs qilmishini oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda sodir 
etilgan deb malakalash uchun tergov va sud organlari 
subyekt tomonining
shakliga alohida e’tibor berishi kerak, u qilmishni baholashga hal etuvchi 
ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tahdid solgan xavf keltirib chiqargan kuchli ruhiy 
hayajon holatida shaxs har doim ham oxirgi zarurat chegarasini to‘g‘ri 
aniqlab va belgilab ololmaydi. Shu sababli, oxirgi zarurat chegarasidan 
chetga chiqishni aniqlaganda tergov va sud organlari har bir muayyan 
holatga individual yondashishi kerak. 
Qilmish majburiyligi mavjud emasligi alomatiga ko‘ra oxirgi zarurat 
chegarasidan chetga chiqishga 
qasd
yoki 
ehtiyotsizlik
shaklidagi ayb xos 
bo‘ladi, ya’ni shaxs xavfni zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan usulda 
bartaraf etish imkonini anglab yetgan yoki ish holatlariga ko‘ra anglab 
yetishi lozim bo‘lgan holat bo‘ladi. Bu holda sodir etilgan qilmish JK 55-
moddasining 1-qismi «e» bandiga havola etgan holda tegishli qasddan 
yoki ehtiyotsizlik orqasidan jinoyat deb, ya’ni oxirgi zarurat chegarasidan 
chetga chiqish bilan sodir etilgan jinoyat deb malakalanishi kerak.
Agar oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish oldi olingan zarardan 
kattaroq zarar yetkazilishida ifodalansa, oxirgi zarurat chegarasidan chetga 
chiqish uchun javobgarlik faqat qilmish jinoiy ehtiyotsizlik shaklida sodir 
etilgan holda yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, aybdor shaxs u oldi 
olinayotgan zararga qaraganda kattaroq yoki teng zarar 
yetkazilayotganligini ish holatlariga ko‘ra anglashi lozim bo‘lsa-da, anglab 
yetmaydi. Shu holda kattaroq zararni yetkazish qasdi aniqlansa (masalan, 
jabrlanuvchiga og‘ir tan jarohatini yetkazishga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni 
o‘ldirish), sodir etilgan qilmish tegishli qasddan jinoyat deb malakalanishi 
lozim, bunda oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish bo‘lmaydi. 
Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqishda subyekt tomonning 
majburiy elementi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin