mumkin, lekin uning ma’lum shartlarga muvofiq bo‘lgan holatida u
ijtimoiy foydali va qonuniy deb tan olinadi.
NOTA BENE !
Oxirgi zarurat
– bu qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat
bo‘lib, unda ushbu shaxsning yoki boshqa fuqarolarning hayoti yoki
huquqlariga, jamiyat va davlatning qonuni bilan himoyalanadigan
manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni bartaraf etish uchun boshqa
huquqlarga va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkaziladi,
tahdid solayotgan xavf boshqa vositalar bilan bartaraf etilmaydigan
bo‘lganligi va yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo‘lishi
sharti bilan.
Oxirgi zarurat qonuniy bo‘lishining
JK 38-moddasi 1-qismida
ko‘rsatilgan shartlari ikkita guruhga bo‘linadi, ulardan biri tahdid soluvchi
xavfga oid talablarni belgilaydi, ikkinchisi esa xavfni bartaraf etish
qilmishining qonuniyligiga oid talablarni belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: