Zaruriy mudofaa huquqi har bir insonning mutlaqo shaxsiy, ma’naviy
huquqi bo‘lib, shaxs, jamiyat yoki davlatning manfaatlariga ijtimoiy xavfli
tajovuz sodir etilishi oqibatida yuzaga keladi. Shuning
uchun har bir inson
o‘zining zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish-foydalanmasligini o‘zi
mustaqil hal etadi. Bunda ushbu huquqdan foydalanish biror-bir tashqi
holatlarga, xususan, «boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga
yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish
imkoniyati bor - yo‘qligidan qat’i nazar» bog‘liq bo‘lmaydi
(JK
37-moddasi 3-qismi)
. «Tajovuzga uchragan shaxs, undan
qochib qutulish,
boshqa fuqarolarga va hokimiyat vakillariga yordam so‘rab murojaat qilish
yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa,
bunday holda tajovuzga qarshi aktiv ravishda mudofaalanish
huquqiga ega
bo‘lmaydilar»
1
degan fikr mutlaqo noto‘g‘ri.
Shaxslarning ma’lum bir toifasi uchun zaruriy mudofaani amalga
oshirish huquqi ma’naviy kategoriyalar sohasidan huquqiy belgilanish
sohasiga o‘tishi, ya’ni huquqiy burchi bo‘lishini ta’kidlash lozim. Bunday
shaxslar sirasiga militsiya xodimlari, ichki
ishlar organlari boshqa
bo‘linmalarining xodimlari, harbiy xizmatchilar, Davlat xavfsizlik xizmati
xodimlari, inkassatorlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaxslar tomonidan
zaruriy mudofaani amalga oshirish ularning xizmat burchi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: