Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Dispozitsiya 
– modda qismining o‘z mazmuniga ko‘ra taqiqlovchi yoki 
farmoyish beruvchi elementi bo‘lib, unda muayyan jinoiy qilmish, uning 
belgilari ko‘rsatiladi. 
 
Oddiy dispozitsiyada
jinoyat tarkibining belgilarini ifodalamasdan
jinoyatning umume’tirof etilgan, tanish nomi ko‘rsatiladi. Masalan, JK 97-
moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) yoki 215-moddasi (Davlat 
ramzlariga hurmatsizlik qilish). Bunday dispozitsiyada jinoyatning 
belgilari ochib ko‘rsatilmaydi. Ko‘rinib turibdiki, birinchi holatda qonun 
chiqaruvchi tomonidan «o‘ldirish», ikkinchi holatda «hurmatsizlik qilish» 
iboralari ishlatilgan. 
Tasvirlovchi dispozitsiya
qilmishni ijtimoiy xavfli va jinoiy deb 
tavsiflovchi belgilar majmuini ko‘rsatadi. Masalan, JK 209-moddasi 1-qis-
mi jinoyatni ko‘rsatibgina qolmasdan, mansab soxtakorligi deganda
mansabdor shaxsning g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab, 
rasmiy hujjatlarni bila turib, soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, 
hujjatlarni qalbakilashtirish yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzish va taqdim 
etish, fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga jiddiy zarar 
yetkazilishiga sabab bo‘lsa yoki, JK 169-moddasi 1-qismida o‘g‘rilik 
o‘zgalar mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish sifatida berilgan. 
Blanket dispozitsiya 
muayyan jinoyatning belgilarini Jinoyat 
kodeksida yoritmasdan, boshqa huquq sohasiga oid qonunlar yoki 
normativ hujjatlar asosida aniqlaydi. Masalan, JK 266-moddasi 1-qismida 
transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari 
harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga 
o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, deb 
ko‘rsatilgan. Yo‘l harakati xavfsizligining aynan qaysi qoidalari 
buzilganligini aniqlash uchun, ular nazarda tutilgan normativ-huquqiy 
59 


hujjatlarga murojaat qilish kerak. Ta’kidlash joizki, transport harakati va 
undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlarning deyarli barchasi 
blanket dispozitsiya sifatida shakllantirilgan. Shu kabi moddalar JK XII 
bobida «Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar», XVI bobida «Atrof 
muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar», 
XVII bobida «Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar» va boshqalarda 
ustunlik qiladi.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin