Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

NOTA BENE ! 
Davomli jinoyatlar 
– bu yagona qasd bilan qamrab olingan va umumiy 
maqsadga qaratilgan bir qancha o‘xshash harakatlarni sodir etish bilan 
tavsiflanadigan huquqqa xilof ijtimoiy xavfli qilmishlardir. 
Bunday qarorning to‘g‘riligi yuqori turuvchi sud instansiyasining «... 
jinoyat qonuniga ... jazoni kuchaytiradigan yoki shaxsning holatini 
boshqacha tarzda yomonlashtiradigan o‘zgartirishlar kiritilganda, agar 
jinoyat epizodlaridan hech bo‘lmaganda bittasi qonun yangi tahrirda amal 
qila boshlagan davrda sodir etilgan bo‘lsa, davomli jinoyatning barcha 
epizodlari yangi qonun bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak»
1
degan 
fikrida ham o‘z isbotini topadi. 
NOTA BENE ! 
Ikki harakatli jinoyat
– o‘xshash jinoyatlar tarkibi qonunda shunday 
ko‘rsatiladiki, bunda faqat ikki harakatni amalga oshirgan shaxs jinoyatchi 
deb hisoblanadi. o‘xshash qilmish sodir etish vaqti deb esa, oxirgi 
harakatlar yakunlangandan keyin jinoyat tarkibini aniqlangandagi vaqt tan 
olinadi. 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2008 йил 15 майдаги «Бир неча жиноят содир 
этилганда қилмишни квалификация қилишга доир масалалар тўғрисида»ги 13-сон қарори, 4-бандининг 2-қисми 
// Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Ахборотномаси, 2008 й., 3-сон. 13-б. 
96 


Berilgan muayyan jinoyat tarkibini aniqlash uchun muhim bo‘lgan 
oxirgi harakatni sodir etish payti ikki harakatli jinoyat sodir etish vaqti deb 
topilishi kerak. 
NOTA BENE ! 
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar
jinoyat-huquqiy tahdidni ifodalaydigan 
majburiyatlarni uzoq vaqt mobaynida bajarmaslikdan iborat bo‘lgan 
harakat yoki harakatsizlikda namoyon bo‘ladi. 
Birinchi harakat (harakatsizlik) sodir etilgan payt uzoqqa cho‘zilgan 
jinoyat sodir etilgan vaqt deb topiladi. 
Ayni paytda, uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlar sodir etilgan vaqtini 
aniqlashda uning ayrim o‘ziga xos tomonlariga e’tibor beriladi: agar uning 
ijtimoiy xavfliligi uzoq davom etuvchi jinoyatlarda, masalan, harbiy 
xizmat yoki qismni tashlab ketish (JK 287-moddasi) yoki keltirilgan 
zararning umumiy miqdori, masalan, soliq yoki boshqa to‘lovlarni 
to‘lashdan bo‘yin tovlash hollari. Ko‘pincha, agar keltirilgan zarar muddati 
yoki summasi ko‘paysa, jinoyat sodir etish vaqti yangi muddatning o‘tishi 
yoki yangi qonun endigina kuchga kirgandan so‘ng hali ilgarigi 
yetkazilgan katta zarar muddati tugamay turib yana yangidan katta zarar 
yetkazish bilan o‘tgan vaqtdan tan olinadi. Agar muddat yangi qonun bilan 
qisqartirilsa, jinoyatni tan olish uchun eski muddatning o‘tishi yoki ilgarigi 
keltirilgan zarar miqdori yangi muddatni yoki to‘liq o‘tashi kerak yoxud 
yetkazilgan yangi zarar miqdori yangi qonun kuchga kirgandan boshlab 
hisobga olinadi. 
Takroriylikni tashkil qiluvchi oxirgi yoki og‘irlashtiruvchi belgi 
hisoblangan qilmish sodir etilishi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin