Shunga ko‘ra, jinoyat
sodir etgan shaxslarga, aytaylik, «qonunlar oralig‘i»
deb atash mumkin bo‘lgan haddan ortiq yumshoq qonun qo‘llanilmaydi.
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash kerakki, qonunning orqaga qaytish kuchi
jinoiy javobgarlikka
tortilgan shaxslarga nisbatan, ya’ni sud va tergov
ishlariga jalb qilingan yoki tayinlangan jazoni o‘tayotgan shaxslarga
nisbatan amal qiladi. Shu sababli jinoyat
sodir qilgandan keyin qabul
qilingan, lekin jinoiy javobgarlikka tortgunga qadar o‘z kuchini yo‘qotgan
qonun bunday jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: