Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 15-moddasi 2-qismiga
muvofiq, 
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan 
jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan 
jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh 
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo 
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. 
Jinoyatlarning boshqa turlariga qaraganda ushbu turkum jinoyatlar 
qolgan uch turkum jinoyatlariga nisbatan kamroq ahamiyat kasb etadi. 
Shunisi xarakterliki, jamiyat uchun unchalik katta xavf tug‘dirmaydigan 
qilmishlarga ma’muriy preyuditsiya mavjud bo‘lgan hollarda 
javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir 
etiladigan jinoyatlar kiradi, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bir yil 
davomida yana shunga o‘xshash huquqbuzarlikni sodir etsa, jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim jinoyatlar nazarda tutilgan 
moddalar sanksiya qismida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘lmasligi 
mumkin (masalan, JK 140- yoki 192-moddalari). Ijtimoiy xavfi katta 
bo‘lmagan jinoyatlar aks etgan moddalarning aksarida ozodlikdan mahrum 
qilish jazosi nazarda tutilmagan (faqatgina ayrim ixtisoslashgan yoki o‘ta 
ixtisoslashgan jinoyatlarda bu jazo qo‘llaniladi). Bu turdagi jinoyatlarga 
quyidagi qasddan sodir qilinadigan JK 139-, 140-, 145-, 149-moddalari va 
boshqalar, shuningdek, 280-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan 
ehtiyotsizlikdan sodir qilinadigan jinoyatlar kiradi. 
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda 
uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan 
mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, 
ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq muddatga 
ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin