jinoyat-huquqiy taqiqlarga rioya qilishlari kerak. Bu talablar shaxs, jamiyat
va davlat manfaatlaridan kelib chiqadi, javobgarlikning hajmi va
chegarasini aniqlaydi. Bu talablarsiz subyektlar o‘z xulq-atvorini hech
narsa bilan solishtira olmaydi.
Jinoiy javobgarlik jinoyat-huquqiy normalar vositasida ijtimoiy
jihatdan zarur bo‘lgan munosabatlarning faoliyatini ta’minlaydi.
Ushbu javobgarlik JK 2-moddasida ko‘rsatilgan qadriyatlarni jinoyat-
huquqiy normalar bilan muhofaza qilishning asosi hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik keng ma’noda jinoyat-huquqiy munosabat
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari ifodalangan qonun normalarini
ijro etish protsessi, u yoki bu nizoning adolatli hal qilinishi natijasi bo‘lgan
jinoyat-huquqiy normalarning bajarilishi, aybdor shaxslarga nisbatan jazo
tayinlaydigan maxsus organ – sudning shaxslar tomonidan sodir
qilinadigan ijtimoiy xavfli qilmishlarga nisbatan salbiy munosabatini
ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: