(JK 155-moddasi 3-qismi).
125
Jinoyat qonunida belgilangan qoidaga ko‘ra, uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyatlar turkumiga sanksiya qismida qasddan sodir etiladigan, besh
yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar taalluqlidir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki,
nazarda tutilgan jazo, o‘z navbatida, boshqa yengil turdagi jazolar bilan
muqobil ravishda mos kelishi kerak.
Og‘ir jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida
besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan
mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 4-
qismi).
Ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi eng yuqori jinoyatlar – o‘ta
og‘ir jinoyatlardir.
O‘ta og‘ir jinoyatlarga
qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq
muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum
qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi
(JK 155-moddasi 5-qismi).
Bu turkumdagi jinoyatlarga qonun chiqaruvchi, eng avvalo, shaxs
hayoti va sog‘liqiga qarshi qaratilgan qasddan sodir qilinadigan jinoyatlar,
shuningdek, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan
jinoyatlarni kiritgan.
Jinoyatni tegishli turkumga kiritish JKda belgilangan huquqiy
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Retsidiv jinoyatni xavfli yoki o‘ta xavfli deb
topish masalasi shaxsning ilgari sodir qilgan uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir
va o‘ta og‘ir jinoyati uchun necha marotaba sudlanganligiga qarab, hal
qilinadi (JK 34-moddasi); umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat
o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun tayinlanishi mumkin (JK 51-moddasi); shaxs
jazoni o‘taydigan koloniyaning turi sodir etilgan jinoyat qaysi turkumga
kirishi bilan bog‘liq holatda belgilanadi.
Jinoyatlarni tasniflashda jinoyatlar majmui bo‘yicha jazo tayinlash
(JK 33-moddasi), jinoiy javobgarlikdan ozod qilish (JK beshinchi bo‘limi),
shu jumladan javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi (JK 64-
moddasi), sudlanganlik holatining tugallanishi (JK 78-moddasi)
munosabati bilan, shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
126
majburlov choralarini qo‘llash (JK 88-moddasi) va boshqa holatlar
bevosita bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |