o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish (JK 105-moddasi) yoki ekologiya
xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish (JK 193-moddasi) va
boshqalar. Moddiy tarkibli jinoyatlarda dispozitsiyada ko‘rsatilgan oqibat
yuzaga kelishi bilan jinoyat tamom bo‘lgan hisoblanadi.
Kesik tarkibda
jinoyatning oxiriga yetgan vaqtini qonun oldingi
bosqichga ko‘chiradi. Masalan, bosqinchilik (JK 164-moddasi) yoki jinoiy
uyushma tashkil etish (JK 242-moddasi) va boshqalar.
Jinoyat tarkibini bunday tasniflash ham nazariy, ham amaliy
ahamiyatga ega, zero shu yo‘l bilan jinoyat qonunining odillik (JK 8-
moddasi), insonparvarlik (JK 7-moddasi) kabi muhim prinsiplari ro‘yobga
chiqadi va jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning muhim sharti
hisoblanadi.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, jinoyat huquqi nazariyasiga muvofiq,
elementlarning aniq va baholovchi belgilarini ko‘rsatuvchi jinoyat
tarkiblari ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: