Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


-§. Jinoyat obyektining turlari



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

2-§. Jinoyat obyektining turlari 
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat obyektini ikki xil tasniflash 
mumkin: hajmiga ko‘ra, tarkibidagi elementlarning o‘xshashligiga ko‘ra 
va funksional xususiyatlariga ko‘ra. Shartli ravishda ularni vertikalligiga 
ko‘ra va gorizontalligiga ko‘ra tasniflash deb atash mumkin. 
Vertikalligiga ko‘ra
jinoyat obyekti umumiy, maxsus, turdosh va 
bevosita obyektlarga bo‘linadi. 
149 


NOTA BENE ! 
Umumiy obyekt
deganda, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha 
ijtimoiy munosabatlar majmui tushuniladi. 
Bu majmua 
JK 2-moddasida
nazarda tutilgan bo‘lib, ular shaxs, 
uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulkchilik, 
tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi va boshqalardir. Ularning 
jamiyat tomonidan qimmatli va ahamiyatli ijtimoiy munosabat sifatida 
baholanganligi ularni birlashtirib turadi. Shuning uchun jinoiy 
javobgarlikka tortish tahdidi bilan jinoyat qonuni tomonidan qo‘riqlanadi. 
Umumiy 
obyekt 
huquqni tatbiq etuvchiga jinoyatni boshqa 
huquqbuzarliklardan (masalan, ma’muriy, intizomiy va boshqalar) u yoki 
bu ijtimoiy munosabatning muhimlilik darajasidan kelib chiqqan holda 
ajratish imkoniyatini beradi. 
Umumiy obyekt – alohida olingan va barcha jinoyatlar qaratilgan 
ijtimoiy munosabatlardir. 
NOTA BENE ! 
Maxsus obyekt
– JK Maxsus qismining bir bo‘limiga kiritilgan 
moddalarda nazarda tutilgan, jinoyat tajovuz qiladigan, o‘z tabiatiga ko‘ra 
bir turdagi ijtimoiy munosabatlardir. 
 
Maxsus obyekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish va 
bo‘limlarga ajratishning asosiy mezoni hisoblanadi. JK muayyan 
bo‘limlari jinoiy qilmish qaratilgan maxsus obyektlarning o‘xshash va 
farqli jihatlariga ko‘ra tuzib chiqilgan. Maxsus obyekt JK Maxsus qismi 
tuzilishiga qarab, ulardagi ijtimoiy qadriyatlarning boshqa ijtimoiy 
munosabatlarga nisbatan ustunligini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Maxsus 
obyektlarning ketma-ketligi u yoki bu ijtimoiy munosabatlarning qadrliligi 
va muhimliligidan dalolat beradi. Bir turdagi ijtimoiy munosabatlarga 
qaratilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi JK Maxsus qismi 
bo‘limlari doirasida boblarning joylashuviga qarab aniqlanadi. 
150 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin