Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


To‘satdan paydo bo‘lgan qasdda



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

To‘satdan paydo bo‘lgan qasdda
qasdning paydo bo‘lishi va uning 
amalga oshirilishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘i uncha ahamiyatli emas. 
Jinoyatni sodir etish niyati qasdning paydo bo‘lishi bilanoq amalga 
oshiriladi. Qoida bo‘yicha to‘satdan paydo bo‘luvchi qasd jinoyat sodir 
etishda aybdorning kam darajali ijtimoiy xavfliligini ifodalovchi holatlarda 
ko‘rinadi. Shu asnoda qasdning mazkur turi sodir etilgan qilmishning va 
shaxs xavfliligining yuqori ekanini namoyon etadi. Masalan, ko‘chada 
tasodifan o‘tib ketayotgan odamni sababsiz (chekishga bermaganlik uchun 
va h.k.lar) bezorilik orqasida o‘ldirish oldindan va puxta o‘ylangan rashk 
tufayli odam o‘ldirishdan ancha og‘irroq jinoyat hisoblanadi. 
Affekt holatidagi qasdning
xarakterli tomoni shuki, shaxsda jinoyat 
sodir etish niyati kuchli ruhiy hayajonlanish holatida bo‘lgan paytida 
(fiziologik affekt holati) paydo bo‘lib, shaxs o‘zi sodir etayotgan 
qilmishining xususiyatini anglashi qiyinlashadi. Affekt holatidagi qasd 
to‘satdan paydo bo‘lgan qasddan farqli hisoblanib, uning jinoyat-huquqiy 
mazmunga ega bo‘lishiga affekt holatini keltirib chiqargan 
1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 319. 
196 


jabrlanuvchining axloq va huquqqa xilof harakatlari sabab bo‘ladi. Mazkur 
fakt qonunchilikda kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam 
o‘ldirish (JK 98-moddasi) va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan 
badanga og‘ir va o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish (JK 106-moddasi) 
kabi jinoyatlar tarkibini yengillashtiruvchi holat sifatida hisobga olingan. 
Subyektning o‘zi sodir etgan qilmishi to‘g‘risidagi tasavvuri va 
keltiruvchi jinoiy oqibatlariga ko‘ra qasd aniqlangan (konkretlashtirilgan), 
aniqlanmagan (konkretlashtirilmagan) va alternativ turlarga bo‘linadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin