subyekt holatlarni anglaydi va ularga muvofiq ravishda o‘z xulq-atvorini
shakllantiradi.
O‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holati
ijtimoiy xavfli oqibatlarning
oldini olishga qaratilgan asossiz (yetarli asoslar mavjud bo‘lmagan,
yengiltaklik bilan) tavakkalchilikdan iborat. Bu bilan o‘z-o‘ziga
ishonishlik to‘g‘risidagi hisob-kitobdan shunday fakt dalolat beradiki,
unda jinoiy oqibat baribir kelib chiqadi. Aynan bu belgi o‘z-o‘ziga
ishonishni egri qasddan ajratuvchi muhim belgi hisoblanadi.
Agar shaxs egri qasdda ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga ongli
ravishda yo‘l qo‘ysa yoki ularning kelib chiqishiga befarq bo‘lsa, ya’ni
kelib chiqqan oqibatni yoqlasa
yoki ularga ijobiy yondashsa, o‘z-o‘ziga
ishonish esa, shaxs nafaqat xohishining mavjud emasligi, oqibatlarga ongli
ravishda yo‘l qo‘yishni istamasligi, ularni keltirib chiqarmaslikka harakat
qilishi va ularga nisbatan nisbiy munosabatda bo‘lishi bilan farqlanadi.
Qonun o‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holatini (mazmun-mohiyatini)
umid sifatida emas, balki ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga
qaratilgan to‘la voqelik sifatida qaraydi. Subyekt
tavakkalchilikka,
holatlarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishiga asoslanmaydi, balki uning
fikri bo‘yicha jinoiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan konkret shart-
sharoitlar va holatlarga taxmin qiladi. Bunday shart-sharoit va holatlar
(kuch, uddaburonlik, tajriba, ko‘nikma, bilim va h.k.lar) qoida bo‘yicha
aybdorning shaxsi va qilmishiga nisbatan (tegishli) bo‘ladi, shuningdek,
jinoyat sodir etiladigan vaziyatlar (tungi vaqtda, odam yo‘qligida va
h.k.lar), boshqa shaxslarning harakatlari (piyodaning yo‘ldan kesib
o‘tishga ulgurishiga ishonish, o‘rmonda gulxanni kimdir o‘chirishiga
ishonish va h.k.), mexanizmlarning harakati va boshqa tabiat kuchlari ham.
Bunda taxmin o‘z-o‘ziga ishonishda yengiltaklik va
ijtimoiy xavfli
oqibatlarning oldini olishga qaratilgan holatlarga, ehtiyotkorlik chora-
tadbirlariga rioya qilmaslikda ko‘rinuvchi noto‘g‘ri baho berish natijasida
yuzaga keladi.
Qonunchilikda o‘z-o‘ziga ishonishni asossiz ravishda umid qilish
konstruksiyasi ikki xil ifodalanadi. Uning ikki xilligi shundaki, asossiz
ravishda umid qilish belgisi birinchi navbatda, o‘z-o‘ziga ishonishning
203
irodaviy holati va o‘z
navbatida, uning intellektual holati ham hisoblanadi.
Shaxs o‘zi taxmin qilayotgan holatlarni (to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi) anglaydi
va uning qilmishi bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibat o‘rtasida
sababiy bog‘liqlikdagi rivojlanishning to‘xtatilishi yoki izdan chiqishiga
taxmin qiladi. Shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli
oqibatni oldindan anglashi bilan birga uni o‘zining ishongan harakatlari
ta’sirida oldindan anglamasligi ham mumkin. o‘z navbatida, o‘z-o‘ziga
ishongan holda harakat qilib, shaxs natijaning oldini olish imkoniyatlarini
oldindan anglamaydi (aks holda, bu zararlarning oldini olishga bo‘lgan
harakatlarga umid qilmasdi), biroq shaxs bu oqibatlarni oldindan ko‘ra
bilishi lozim va mumkin edi.
Shu bilan birga shuni e’tiborga
olish kerakki, agar shaxs jinoyatning
oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa hamda unda turli
xil sabablar bo‘lib, natijaning oldini olish uchun yetarli bo‘lmagan va
shaxs bilishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, u holda tasodif – aybsiz holda
zarar yetkazish deb topiladi. Boshqacha aytganda, shaxs agar ijtimoiy
xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilganda va uning oldini olish
uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rganda ham baribir oqibat kelib chiqsa,
jinoiy javobgarlik bo‘lmaydi. Bunday holat
quyidagi hollarda yuzaga
keladi:
– aynan hisobga olingan qoidalarning yuzaga kelgan vaziyati va
ehtiyot choralarining to‘liqsizligi (ilmiy va texnik ilmlarning yetarli
emasligi);
– bu qoidalar mo‘ljallangan (taxmin qilingan) vaziyatlarga to‘g‘ri
kelmasligi;
– oqibatlar kelib chiqishining oldini olishga yengib bo‘lmas va
oldindan ko‘rinmagan kuch ta’siri;
– ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan shaxsning
harakatlariga umid qilib, keltirib chiqarish ehtimoli bo‘lgan xavfli oqibat
haqida uni ogohlantirish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Mana
shu harakatlarni sodir etmaslik va faktik oqibatlarning yuzaga kelishi
tavakkalchilikni ongsiz ravishdagi tavakkalchilikka, shu bilan birga o‘z-
o‘ziga ishonish darajasiga o‘sib chiqishiga olib kelmaydi.
204
O‘z-o‘ziga ishonishda shaxs jinoyat sodir etilish vaqtida asossiz o‘ziga
ishonuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun
aynan mana shu oqibat
vujudga keladi.
Shunday qilib, o‘z-o‘ziga ishonish, subyektning jinoyat sodir etish
paytida o‘z-o‘ziga ishonib, oqibat kelib chiqmasligiga asossiz umid qilishi
xuddi shu ijtimoiy xavfli oqibatlarning haqiqatan kelib chiqishiga olib
keladi. Jinoyat subyekti taxminining intellektual
holati shundan iborat
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: