Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

nisbiy mezoni 
shaxsning kelib chiqishi 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglamasligida 
namoyon bo‘ladi. Beparvolik shaklidagi ayb formasida shaxs oqibat kelib 
chiqishi mumkinligini ham, realligini ham yoki mavhumligini ham 
oldindan anglab yetmaydi. 
Oqibatni oldindan ko‘ra bilish mumkinligi qilmish sodir etilayotgan 
vaziyatning o‘ziga xosligi va aybdorning individual xususiyatlari bilan 
izohlanadi. Aybdorning individual xususiyatlariga uning (jismoniy holati, 
rivojlanganlik darajasi, ma’lumoti, kasbiy mahorati, sog‘lig‘i holati, qabul 
qilish darajasi) qilmish sodir etilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, asosli 
xulosalar qilishi va atrof muhitni to‘g‘ri qabul qilishi hamda ularga baho 
berishga imkon yaratishi kiradi. Bu ikki tayanchning mavjudligi aybdor 
sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra 
bilishga real imkoniyat yaratadi. 
Jinoiy beparvolikning 
ijobiy mezoni 
normativ ahamiyat kasb etib, u 
aybdorning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni 
oldindan bilishi lozim va mumkin bo‘lganligini anglatadi. Aynan mana shu 
belgi beparvolikni mustaqil ayb turi sifatida jinoyat-huquqiy ahamiyatini 
oshiradi. Bu insonning anglashi va irodaviy xususiyatlari bilan belgilanadi: 
bilish lozimligi normativ ahamiyatga ega bo‘lgan obyektiv belgi 
hisoblansa, oldindan ko‘ra olishi mumkinligi katta darajada ijtimoiy 
ahamiyat kasb etadigan subyekt belgi. Obyektiv belgining o‘zi bilangina 
shaxsda ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun 
imkoniyatlar mavjud degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli 
oqibat kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilish lozimligi va 
mumkinligi shaxsning majburiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Bu qoida 
aybdorning mansab maqomini belgilovchi, uning kasbiy vazifalari va 
umummajburiy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarida, qonun, shartnoma va 
206 


boshqalarda aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu tarzdagi normativ va 
ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi shaxsning u yetkazishi mumkin 
bo‘lgan ijtimoiy zararli va xavfli oqibatni to‘la anglashi uchun yetarli 
hisoblanmaydi. Buning uchun nisbiy mezonlar mavjudligini aniqlash 
lozim. 
E’tiborlilik va ehtiyotkorlik jinoyat huquqida xulq-atvorning lozimligi 
va mumkinligini yorituvchi atamalar hisoblanadi. Ular ijtimoiy normalar, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonundan kelib chiquvchi normalar, boshqa hujjatlardagi 
qoidalardan kelib chiqqan holda mohiyatni ochib beradi.
O‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish yoki 
ko‘ra bilmaslik tasodif hisoblanmay, bu shaxsning mazkur harakatlari 
bilan buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlariga bo‘lgan munosabatdan kelib chiqadi. 
O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik irodaviy holatlarining farqi 
shundaki, o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda oldindan ko‘ra oladi, 
beparvolikda esa, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning hech 
qanday shaklini oldindan ko‘ra olmaydi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin