mumkin. Shu sababga ko‘ra, yetkazilgan zararga nisbatan xato uning
hajmi yoxud sifat tavsifiga nisbatan bo‘lishi mumkin.
Yetkazilgan oqibatning sifatiga nisbatan bo‘lgan xato
, ya’ni ayb-
dor oldindan kelib chiqishini ko‘ra bilgan ijtimoiy xavfi katta oqibat faktik
jihatdan yuzaga kelmasligi yoki oldindan ko‘ra bilmagan oqibat yuzaga
kelishida ifodalanadi. Bunday xato oldindan ko‘ra bilmagan faktik oqibat
uchun qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni istisno etsa-
da, ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni
yuzaga keltirishi mumkin. Qasd qaratilgan qilmish kutilgan oqibatni
yuzaga keltirmasa, u oqibatga nisbatan suiqasd sifatida baholanishi kerak,
bundan tashqari, faktik yuzaga kelgan zarar ehtiyotsizik orqasida
yetkazilgan zarar deb baholanadi. Masalan, o‘zganing uy-joyini o‘t qo‘yish
orqali yo‘q qilishga qaratilgan jinoyat subyektining urinishi amalga
oshmasa va buning natijasida hodisa joyida tasodifan mavjud bo‘lgan
shaxs sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilsa, aybdorning
qilmishi og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan mol-mulkka zarar
yetkazishga suiqasd qilish (JK 173-moddasi 2-qismi «b» bandi) va
ehtiyotsizlik oqibatida badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish
sifatida (JK 111-moddasi 1-qismi) kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar
aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan oqibat yuzaga kelsa va bu
oqibat qonunchilikka ko‘ra, kvalifikatsiya qilinuvchi belgi sifatida
belgilangan bo‘lsa, bu holatda jinoyatlar jami yuzaga kelmaydi va qilmish
asosiy jinoyat bilan birga kelib chiqqan oqibatga kvalifikatsiya qilinadi.
Agar shaxsning qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishi jabrlanuvchining
o‘limiga olib kelsa, bunday qilmish JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi
bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Aybdorning
Dostları ilə paylaş: