Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfliligiga nisbatan 
xatoda,
birinchidan, shaxs qilmishini noto‘g‘ri ijtimoiy xavfliligini 
yo‘qotuvchi faktik holatlar kuchda bo‘ladi. Masalan, shaxs ombor 
hududiga kirib, hisobdan chiqarilgan va yo‘q qilishga mo‘ljallangan, 
qimmatga ega bo‘lmagan mulkni «o‘g‘irlaydi». Mazkur xato aybning 
shakliga ta’sir qilmaydi va o‘z-o‘zidan qasddan sodir etilgan deb topiladi, 
ammo bu holat bo‘yicha jinoiy javobgarlik masalasi tugallangan jinoyatga 
nisbatan vujudga kelmaydi, chunki jinoiy maqsad amalga oshmagan va 
faktik jihatdan tanlangan (o‘g‘irlanmoqchi bo‘lgan) tajovuz obyektiga 
hech qanday zarar yetkazilmaganligi uchun jinoyatga suiqasd sifatida 
baholanadi, ya’ni jinoyat sodir qilgan shaxsning harakati aybdor fikrining 
yo‘nalishi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak. Ikkinchidan, shaxs o‘z 
xatti-harakatlarini huquqiy hisoblab, ularning ijtimoiy xavfliligi 
xususiyatini anglamaydi. Odatda, bunday holatlar jinoyatning obyektiv 
tomoni va qilmishga ijtimoiy xavfli xarakter kasb etuvchi qandaydir 
muhim faktik holatni bilmaslik bilan izohlanadi. Bunday xato aybning 
qasd shaklini inkor etadi, shuning uchun faqat qasddan sodir etilgan 
qilmish uchun jinoiy javobgarlik mavjud normalarda ular jinoiy 
javobgarlikni istisno etadi. Masalan, shaxs tomonidan qalbaki pullarni 
haqiqiy deb o‘ylagan holda o‘tkazishi qasd bo‘lmaganligi uchun jinoyat 
deb hisoblanmaydi. Agar qonunchilik jinoiy qilmishni aybning har qanday 
formasida jazoga sazovor deb hisoblasa, shaxs ijtimoiy xavfli oqibatni 
anglashi mumkin yoki anglashi kerak bo‘lgan hollarda uning harakatlari 
223 


ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikni 
yuzaga keltiradi. Bunday turdagi xatoga juda ko‘p hollarda yo‘l 
qo‘yiladigan holat sifatida zaruriy mudofaa misol bo‘ladi. «Agar hodisa 
holatlariga ko‘ra, mudofaa choralarini qo‘llagan shaxs o‘zining 
yanglishganini bilmagan va bilishi ham mumkin bo‘lmagan bo‘lsa»
1
, ya’ni 
qilmishning ijtimoiy xavfli xususiyatiga nisbatan uzrli xato bo‘lganida 
zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazish uchun javobgarlik kelib 
chiqmaydi. Biroq ehtiyotsizlik orqasida o‘lim yoki sog‘liqqa jiddiy zarar 
yetkazilganda jinoiy javobgarlik kelib chiqsa, aybli xato qilmishning 
ijtimoiy xavfliligiga nisbatan jinoiy javobgarlik kelib chiqishi mumkin, 
ammo qasddan sodir etilgan qilmish uchun emas, balki zaruriy mudofaa 
holatida bo‘lgan, ish holatiga ko‘ra tajovuzning xayoliyligini va o‘zining 
«mudofaalanuvchi» harakatlarining ijtimoiy xavfini anglashi mumkin va 
lozim bo‘lgan shaxsning ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazishi uchun 
javobgarlik kelib chiqishi mumkin
2

Shaxsning jinoyat obyektiga nisbatan xato qilishi sud-tergov 
amaliyotida ko‘p kuzatiladigan holat hisoblanadi. Bu xatoning o‘ziga xos 
xususiyati shundaki, u qasd doirasida namoyon bo‘ladi. Qoida tariqasida 
bunday xatoga yo‘l qo‘yish ayb shaklini o‘zgartirmaydi faqat mazmun-
mohiyatini, uning tomonlarini aniqlashtiradi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin