Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

 
 
232 


VIII BOB. JINOYAT SUBYEKTI
1-§. Jinoyat subyekti tushunchasi
Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining ajralmas elementi hisoblanadi. 
Jinoyat subyekti va uning belgilari JK Umumiy qismining IV bobida 
belgilab berilgan bo‘lib, bu bob «Javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan 
shaxslar» deb nomlanadi. Bu belgilarni umumiy jinoyat subyektiga tegishli 
deb nomlash belgilab qo‘yilgan. 
Jinoyat kodeksi Umumiy qismining ko‘pgina moddalarida jinoyat 
tarkibining umumiy tushunchasi doirasida boshqa qo‘shimcha belgilari 
ham namoyon bo‘ladi, jumladan, boshqarish tartibiga qarshi jinoyatlar va 
boshqa obyektning muayyan ko‘rinishiga nisbatan tajovuzlar – 
mansabdorlik jinoyatlari ko‘rib chiqilishida – jinoyatlarning mazkur 
fakultativ belgilari zaruriy xususiyatga ega bo‘lib, ular jinoyatning maxsus 
subyekti belgilariga xos bo‘ladi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat subyekti
– jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni 
sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso 
jismoniy shaxsdir. 
JK 17-moddasida
jinoyat subyektining umumiy belgilariga ta’rif 
berilgan hamda ular quyidagi uchta zaruriy elementlar majmui orqali 
ifodalanadi: 
– jismoniy shaxsligi; 
– aqli rasoligi; 
– JKga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi subyektning 
yoshi. 
Ushbu element (belgi)lar birontasining mavjud bo‘lmasligi jinoyat 
subyektining, demak jinoyat tarkibining mavjud emasligidan dalolat 
beradi. 
Jinoyat kodeksi qoidalariga ko‘ra, faqat jismoniy shaxs, ya’ni inson 
jinoiy javobgar bo‘lishi mumkin. Aytish kerakki, jinoyat qonunchiligida 
233 


jismoniy shaxs tushunchasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilmagan. Biroq, Jinoyat 
Kodeksi va boshqa huquqiy aktlarning mohiyatidan ko‘rinadiki, jinoyat 
huquqidagi jismoniy shaxs tushunchasi Fuqarolik Kodeksining 16-
moddasidagi tushunchaga o‘xshash bo‘lib, unga ko‘ra «fuqaro zamirida 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqarolari va 
shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi». 
Jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, bu esa 
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik 
shaxsning jinoiy javobgarligi bundan mustasno ekanligini bildiradi. 
Yuridik shaxslar fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha faqat mulkiy javobgar 
bo‘ladilar. Ular qachonki jinoyat natijasida mulkiy yoki boshqa zarar 
yetkazilgan bo‘lsa, bunda mazkur yuridik shaxsning rahbari jinoiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin, masalan, JK 196-moddasi bo‘yicha atrof 
tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun. Demak, agar biron-bir tashkilot, 
masalan, shaxtada mehnat muhofazasi qoidalari buzilishi natijasida 
odamlarga shikast etsa, buning uchun yuridik shaxs sifatida shaxta emas, 
balki mazkur qoidalarning buzilishida aybdor bo‘lgan muayyan shaxs 
javobgarlikka tortiladi. 
Hayvonlar jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas, masalan, it biror-
bir odamni tishlab olsa yoki uning sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, uni jinoyat 
subyekti deya olmaymiz. Sud-tergov amaliyotida aniqlanishi kerak bo‘lgan 
yagona holat bu, it jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilganligi yoki 
foydalanilmaganligidir. Masalan, inson tomonidan o‘rgatilgan it buyruq 
berilishi natijasida inson sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, bunda hayvon 
tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi javobgarlikka tortiladi.
Aytish kerakki, jinoiy javobgarlik shaxs bilan chambarchas 
bog‘langan bo‘lib, shaxs o‘zining ijtimoiy xavfli, qasddan yoki 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan qilmishi uchun javobgardir. Bu bilan 
mazkur holat jinoyat huquqining asoslantirilgan tamoyillari asosida 
shaxsning aybini belgilashda ongli va maqsadli jinoiy qilmishi uchun 
shaxsiy javobgarlik o‘rnatishga ruxsat beradi.
Shunday qilib, yuridik shaxslarni yoki hayvonlarni emas, balki faqat 
insonlarni, ya’ni o‘z qilmishining xususiyatini va ijtimoiy xavflilik 
234 


darajasini anglab yetish qobiliyatiga ega bo‘lgan, o‘z qilmishiga hisob bera 
oladigan va ularni boshqara oladigan 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin