JK 17-moddasi 3-qismi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan shaxsni
jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan jinoyatlarning aniq
chegarasini o‘rnatgan.
Shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladigan yosh haqidagi umumiy
qoidalardan istisno, ya’ni 13 yoshdan 16 yoshgacha shaxslar jinoyat
subyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkibi shunday zaruratdan kelib
chiqqanki, berilgan jinoyat tarkiblari ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan
jinoyatlarni tavsiflaydi. Ular og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutadigan,
kvalifikatsiya qilinadigan yoki alohida kvalifikatsiya qilinadigan jinoyat
tarkiblarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari,
JK 17-moddasi 2- va 3- qismida sanab o‘tilgan jinoyatlar ikki obyektga tajovuz qiluvchi murakkab
tarkibli jinoyatlar hisoblanadi yoki tajovuzni amalga oshirish aybning
murakkab shaklini tashkil etuvchi qandaydir ijtimoiy xavfli oqibatlar
keltirib chiqaradi yoki bu obyektlarga tajovuz boshqa mustaqil jinoyatni
sodir etish orqali amalga oshiriladi. Masalan, o‘smir 15 yoshida ommaviy
tartibsizliklarda (JK 244-moddasi) ishtirok etsa, uni bu norma orqali
javobgarlikka tortish mumkin emas, chunki bu jinoyat uchun javobgarlik
16 yoshdan vujudga keladi. Shu bilan birgalikda, ommaviy tartibsizliklar
Jinoyat kodeksining boshqa moddalarida ko‘rsatilgan shaxsga qarshi
zo‘ravonlik harakatlari, bosqinchilik, o‘t qo‘yish, mulkka zarar yetkazish
yoki yo‘q qilish hamda boshqa harakatlar bilan kuzatiladi hamda ular
uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, o‘smir
qanday faktik harakatlar sodir etganidan qat’i nazar, uning harakatlari shu
normalar orqali kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan yoshning minimal chegarasi (13 va 14 yosh) qonun
chiqaruvchi tomonidan, jinoyat qonunida belgilangan yoshga yetguniga
qadar, shaxs JK bilan taqiqlangan u yoki bu qilmishining ijtimoiy xavfli
ekanligini anglashi, o‘z irodasini, o‘z jinoiy xatti-harakatlarini sodir
etishning birinchi damlaridayoq nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lishidan
dalolat beruvchi shaxsning psixologik va ijtimoiy rivojlanish
237
xususiyatlarini, shuningdek, kriminologik mezonlarini
1
hisobga olgan
holda o‘rnatiladi.
Ba’zi hollarda esa shaxs jinoiy javobgarlikka faqat voyaga
yetganidagina tortiladi
2
. Jumladan,