bo‘lib, jinoyat tarkibida o‘zaro bir-birini to‘ldirib turadi, jinoyat
subyektinigina emas, balki jinoyat tarkibini aniqlashda ham muhim
ahamiyatga egadir. Bu belgilarning mavjud bo‘lmasligi yoki ulardan
birining mavjud bo‘lmasligi ham jinoyat tarkibining yo‘qligini bildiradi.
Shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning aybdorlik va
jinoiy javobgarlik masalasi bekor bo‘ladi.
O‘z xatti-harakatlarining faktik tomonini va ahamiyatini to‘g‘ri
tushunib yetish va baholash qobiliyati hamda shu bilan birga o‘zining
harakatlarini va irodasini ongli boshqarish aqli raso shaxsni aqli noraso
shaxsdan ajratib turadi.
NOTA BENE !
Jinoyat subyekti belgisi sifatida
aqli rasolik
shaxsning muayyan
rivojlanish bosqichidagi qobiliyati, ijtimoiylashuvidan kelib chiquvchi
yoshdagi va jinoyat sodir etish vaqtidagi ruhiy jihatdan sog‘lig‘i hamda
harakatlari uchun o‘z-o‘ziga hisob berishi va ularni boshqarishi,
keyinchalik jinoiy javobgarlik va jazoni o‘tashdagi ruhiy holati sifatida
belgilanadi.
Aqli rasolik jinoiy javobgarlikning va aybning dastlabki sharti bo‘lib,
u shaxsning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglashi va
boshqara olishi bilan belgilanadi
Dostları ilə paylaş: