Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Alkogolli gallyutsinoz
qoidaga ko‘ra, kasal ongining saqlanishi orqali 
uni doim kuzatib yuruvchi ko‘rish va eshitish gallyutsinatsiyasi mavjudligi 
bilan farqlanadi. O‘z navbatida, 
alkogolli paranoid 
alkogolli psixozning 
turi sifatida nafaqat gallyutsinatsiyalar bilan, balki kasalning ongi 
saqlansa-da, kuzatish, zaharlash, rashk, o‘ch olish, alahsirashlar kuzatilishi 
bilan xarakterlanadi. 
Alohida ta’kidlash joizki, bu guruhdagi vaqtinchalik ruhiy buzilishlar 
mavjud bo‘lganda aqli norasolik to‘g‘risidagi masala, tibbiy mezon 
birinchi guruhdagi ruhiy kasalliklardagi kabi kasallik o‘tishining hamma 
ko‘rsatgichlari va kasalning o‘rab turgan sharoitda to‘g‘ri harakatlanishi 
hamda o‘zini boshqara olish qobiliyati hisobga olingan holda hal qilinadi. 
Tibbiy mezonning uchinchi guruhini 
aqli zaiflik (oligofreniya)
tashkil etadi.
Psixiatriyada oligofreniya yoki tug‘ma aqli zaiflik deganda, tug‘ilish 
vaqtida miyaning jarohatlanishi bilan shartlanadigan yoki bola 
ruhiyatining kasallik holatlari natijasida go‘daklikda orttirilgan patologik 
holat tushuniladi. Aqli zaiflik ko‘pincha, nafaqat, miyaning organik 
o‘zgarishi natijasida, balki har xil jarohat, infeksiya va kasalliklar 
248 


oqibatida fikrlash, aqliy qobiliyat, eslash, diqqatni to‘plash kabi inson 
ruhiy funksiyalarining rivojlanmay qolishi bilan tavsiflanadi. 
Aqli zaiflikning eng asosiy belgisi umumiy ruhiy nomukammallik 
hisoblanadi
1

Tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflik og‘irlik darajasiga ko‘ra, uch turga 
bo‘linadi: 
– debillik (yengil shakli); 
– imbetsillik (o‘rta shakli); 
– idiotiya (og‘ir shakli). 
Debillik 
– aqli zaiflikning eng yengil va keng tarqalgan shakli. U 
ko‘pgina hollarda shaxsni har xil jinoiy qilmishlar sodir etishda aqli 
rasoligini istisno etmaydi, chunki ular muayyan sharoitda o‘z qilmishining 
xususiyatini anglay oladilar va boshqara oladilar. Aqli zaiflikning bu 
shaklida shaxsda tafakkurning yetishmasligi yoki fikrlay olish 
qobiliyatining bo‘lmasligi yoki fikrlashning soddaligi kuzatiladi.
Imbetsillik 
tug‘ma yoki orttirilgan aqli zaiflikning yengilroq 
darajasini aks ettiradi. Bu kasallikka chalinganlar atrofidagilar uchun 
muayyan xavf tug‘diradi va kasallik o‘tkirlashgan davrda har xil 
jinoyatlarni sodir etishga moyil bo‘ladilar. Ko‘pincha, bu ijtimoiy xavfli 
harakatlar ularning anglamasligi bilan tavsiflanadi. 
Idiotiya 
– aqli zaiflikning eng og‘ir shakli. Bu kasallikda shaxsning 
nutqi va boshqa ruhiy funksiyalari deyarli umuman bo‘lmaydi. Qoidaga 
ko‘ra, bunday kasallar statsionar davolanishga, doimiy qarab turishga 
muhtoj bo‘lishadi. Tashqi omillarning qo‘zg‘alishi va ta’sir etishi 
natijasida kasallar atrofidagilar va o‘ziga nisbatan yovvoyilashib ketishi 
mumkin, shuningdek, jinoyat sodir etishga moyil bo‘lishadi. Ko‘pincha, bu 
guruh kasallar jinoyat sodir etishda, sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasi 
asosida aqli noraso deb topiladi.
Tibbiy mezon ruhiy kasalliklarining to‘rtinchi guruhini 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin