Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Fiziologik mastlik
, odatda, uchta darajaga bo‘linadi: yengil, o‘rta, 
og‘ir. 
Mastlikning yengil darajasiga
atrofni qabul qilishning pasayishi, 
intellektual faoliyat sohasining buzilishi, diqqatning buzilishi, reaksiya va 
fikrlash jarayonining sekinlashuvi, shuningdek, kayfiyatdagi 
muvozanatning yo‘qolishi va buzilishlar xos.
Mastlikning o‘rta darajasida
qoidaga ko‘ra, diqqat tez buziladi
qabul qilishning aniqligi yo‘qoladi va fikrlash jarayoni sustlashadi. Bu 
darajadagi mast holatda bo‘lgan shaxslar ko‘pincha jahldor va agressiv 
bo‘ladilarki, bu hol urushishga, janjal va jinoyat sodir etishga olib keladi. 
Mastlikning og‘ir darajasida bosh miya funksiyasining jiddiyroq buzilishi 
kuzatiladi. Bunday holatda shaxsning ongli harakat qilishi va fikrlash 
qobiliyati yo‘qoladi, agressiv buzg‘unchi qilmishlarga moyillik paydo 
bo‘ladi.
Mastlikning og‘ir darajasi
mastning har xil joylarda chuqur uyquga 
ketishi bilan bog‘liq klinik suratda kuzatiladi. Mastlik haqida eslash 
qoidaga ko‘ra, qism xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Bundan, fiziologik mastlikning istalgan darajasida bo‘lgan shaxs 
jinoyat subyekti bo‘ladi va jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi, chunki 
uning harakatlarida aqli norasolikning ham tibbiy, ham yuridik mezonlari 
bo‘lmaydi, lekin shaxsning patologik mastlik holatidagi kabi kasallik 
holati hisoblanmagan ruhiy jarayonlari buziladi. 
252 


Bila turib ko‘p miqdorda alkogol ichish natijasida yuzaga keladigan 
qisqa muddatli ruhiy buzilishlarni ifodalaydigan fiziologik mastlik holatini 
patologik mastlik 
holatidan ajrata bilish lozim. Psixiatriyada patologik 
mastlik holati o‘tkir qisqa muddatli o‘tadigan ruhiy buzilishlar guruhiga 
kiradi. U alkogolni nafaqat ko‘p, balki kam iste’mol qilganda ham kelib 
chiqadi. Bu holat uchun ongning to‘satdan o‘zgarishi xos hisoblanadi. 
Patologik mastlikning klinik suratida, qoidaga ko‘ra, ongning g‘ira-shiralik 
belgilari va gallyutsinatorlik alahsirash hayajonlari birlashadi, natijada, 
atrofni buzib qabul qilish kelib chiqadi. 
Patologik mastlik holatida sodir etiladigan jinoiy harakatlar e’tiborga 
molik qandaydir hodisaga nisbatan reaksiya hisoblanmaydi. Patologik 
mastlik qanday to‘satdan boshlansa, shunday tugaydi. Ba’zida, u 
ko‘pincha uyquga ko‘chadi, qaysiki, undan so‘ng to‘liq amneziya 
boshladi, ammo bo‘lib o‘tgan voqealar haqida ba’zi narsalar esda qoladi. 
Patologik mastlik holatida bo‘lgan shaxsning bunday o‘zini tutishi, 
avvalo, shu shaxs mavjud bo‘lgan atrofni buzib qabul qilishi, maqsadsiz va 
agressiv harakatlari bilan tushuntiriladi. Sud-psixiatriya amaliyotida 
shunga e’tibor qilinadiki, patologik mastlik qisqa muddatli psixoz sifatida 
ko‘riladi, agarda, tibbiy va yuridik mezonlarning majmui mavjud bo‘lsa, 
bu holatda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxs aqli noraso deb 
topiladi. O‘z-o‘zidan, fiziologik mastlik holatida ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etgan shaxs aqli raso deb topilgani tufayli, jinoyat subyekti bo‘lsa va 
jinoiy javobgarlikka tortilsa, patologik mastlik holatida esa sud aqli 
norasolikni o‘rnatsa, ushbu shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik istisno 
etiladi. 
Shu bilan birga, qisqa muddatli ruhiy buzilishdan umuman farq 
qiladigan og‘ir darajali fiziologik mastlikni patologik mastlikdan ajrata 
bilish lozim. Bu holat mastlik holatida turli xil jinoyatlarni sodir etgan 
shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish yoki patologik mastlikdagi aqli 
norasolik to‘g‘risida so‘z borganda esa undan ozod qilish masalasini hal 
qilishda muhim ahamiyatga ega. 
JK 19-moddasi mazmunidan mastlik deganda, nafaqat, alkogol 
iste’mol qilishdan, balki intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir qiluvchi, 
253 


giyohvand, psixotrop va boshqa moddalar qabul qilishdan kelib chiqqan 
holat tushuniladi. Mastlikning keyingi turlari jinoyat qonunchiligi uchun 
yangilik hisoblanadi va tibbiy nuqtai nazardan, alkogolli mastlikdan 
sezilarli farqqa ega. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin