Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Patologik mastlik
– o‘tkir qisqa muddatli o‘tadigan ruhiy buzilishlar 
guruhiga taalluqli bo‘lib, ongning g‘ira-shira buzilishlari, alahsirash va 
o‘rab turgan olamni buzib qabul qilish bilan tavsiflanadi. Bu holat bir 
necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin va oddiy 
alkogolli mastlikdan farq qiladi. Odatda, bu alkogolli intoksikatsiya 
(xumor) paytida kelib chiqadi. 
O‘z navbatida, 
patologik affekt 
ruhan jarohatlantiruvchi omillar 
(yaqin qarindoshining o‘limi, og‘ir haqoratlanish, mulkiy shikast 
yetkazilishi va boshqalar), ya’ni og‘ir ruhiy ta’sirlanish yoki hayajonlanish 
bilan bog‘liq ruhiyatning qisqa muddat buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Ongning g‘ira-shira holati
istisno holatlar turi sifatida bir shaxsda 
takroran kelib chiqishi mumkin. Bu ruhiy holat kasalning o‘zini ijtimoiy 
1
Қаранг: Судебная психиатрия. М., 1986, Б. 298. 
247 


xavfli tutishini belgilovchi alahsirash, gallyutsinatsiya, jahl, g‘azab bilan 
davom etadi. 
«Qisqa tutashuv» reaksiyasi,
shuningdek, ruhiy hayajonlantiruvchi 
zo‘riqish holati bilan bog‘liq. Bu ruhiy kasallik ongning buzilishida yoki 
to‘satdan bo‘ladigan impulsiv harakatlarda namoyon bo‘ladi, bu esa, 
atrofdagilar uchun xavf tug‘dirishi mumkin. 
Alkogolli psixozlar
orasida oq so‘zak kasalligi tez-tez uchraydi, 
odatda, u alkogolizm bilan kasallangan shaxsda spirtli ichimliklarning 
uzoq intoksikatsiyasi to‘xtagach ikki-uch kundan so‘ng paydo bo‘ladi. Oq 
so‘zak ko‘pincha, ko‘rish va eshitishdagi gallyutsinatsiya, agressiv harakat 
va qattiq hayajonlanishlar bilan kuzatiladi. Bu paytda kasal hujum qilishi 
yoki «g‘arazli» dushmanlardan va «kuzatuvchilardan», har xil 
zararkunandalardan, hasharotlardan, hayvonlardan himoyalanishi mumkin, 
shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishi mumkin. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin