progressiv falajlik, qarilik aqli zaifligi, epidemik entsefalit
va boshqa qiyin
davolanadigan yoki umuman davolab bo‘lmaydigan ruhiy kasalliklar.
Shizofreniya
– bu surunkali o‘sib boruvchi ruhiy kasallikdir. Biroq,
bu kasallikning mavjud bo‘lishi shaxsning jinoyat sodir etishda aqli
rasoligi to‘g‘risidagi masala yuridik mezonidan kelib chiqib aniqlanadi,
agar u muayyan holat va zarur vaziyatga xos bo‘lsa, shaxsning ayni
paytdagi ruhiy holatiga ta’sir o‘tkazuvchi holatlar hisobga olinib hal
qilinadi
1
.
Epilepsiya
(«yiqiluvchi kasallik») – bu mushaklarning tortishuvi va
tortishuvisiz
boradigan paroksizmlardan, psixozlar, chuqur darajadagi aqli
zaiflikka olib keladigan, o‘ziga xos shaxs o‘zgarishidan va klinik
ko‘rinishidan iborat bo‘lgan kasallik. Berilgan guruhdagi ruhiy kasalliklar
orasida sud-psixiatriya amaliyotida keng tarqalganlik bo‘yicha epilepsiya
shizofreniyadan keyingi ikkinchi kasallik hisoblanadi. Kasallikdagi
tutqanoqlar soni har xil, to‘satdan turli paytda va turli joyda bo‘lishi
mumkin, ya’ni hayoti davomida bir martadan to sutkasiga bir necha
martagacha. Qoidaga ko‘ra, kasallar tutqanoq paytida hushidan ketadi,
o‘ziga
kelganda esa, hech narsani eslay olmaydi. Shu bilan birga,
epilepsiyada shizofreniyadagi kabi, jinoyat sodir etish vaqtida
shaxsning
aqli rasoligi istisno etilmaydi
2
.
Dostları ilə paylaş: