holatlar paydo bo‘ladi. Bu kasalliklar o‘z harakatlarini tushunish va ruhiy
buzilishlar (ruhiy kasalliklar)dan biri bo‘lganda bunday intilish va
qiziqishlarga qarshilik qila olmaydi, ularni doim kuzatib yuradi va tinchlik
bermaydi.
Shunday qilib, aqli norasolik holati, tibbiy va yuridik mezonlar
majmuini tashkil qilib, jinoyat sodir etish vaqtida shaxs yo o‘z
harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay olmaslik
qobiliyati bo‘lmasligiga (intellektual belgi) yoki ularni boshqara olish
qobiliyatining bo‘lmasligiga (irodaviy belgi) yo‘l qo‘yadi. Amaliyotda
shunday holatlar uchraydiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishda yuridik
mezonning intellektual va tibbiy belgisi birgalikda shaxs aqli norasoligini
ifodalaydi. Bu holatda so‘z «ideal» aqli norasolik holati haqida boradi,
qachonki, ruhiy buzilish bo‘lganda shaxs huquqbuzarlik sodir etgan vaqtda
nafaqat o‘z harakatlarining faktik xususiyatini va ijtimoiy xavfini anglay
olmaydi, balki ularni boshqara olmaydi ham. Odatda, bu patologik mastlik
yoki surunkali ruhiy buzilishlar va boshqa kasallik holatlarida bo‘ladi.
Shaxsni aqli noraso deb topish uchun yuridik mezon tibbiy mezonning
natijasi bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: