6. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxsning yoshini
tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligi tufayli uning yoshi noma’lum bo‘lgan
hollarda mazkur shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish masalasi qanday hal
qilinadi?
7. Jinoiy javobgarlik kelib chiquvchi yoshning eng yuqori chegarasi
mavjudmi?
8. Jinoyat sodir etgan shaxsning aqli rasoligi mezonlarini aytib o‘ting.
Aqli rasolikning yuridik mezoni mavjudligini tasdiqlash uchun uning
ikkala belgisining (intellektual va irodaviy) mavjudligi shartmi?
9. Aqli norasolikning yuridik (psixologik) mezoni nimadan iborat?
Uni nima ta’riflaydi?
10. Aqli norasolik tibbiy mezonining mazmuni nimada? Yuridik
mezon bilan u qanday munosabatda bo‘ladi?
11. Shaxs ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etganidan keyin ruhiy
kasallikka duch kelib, aqli noraso bo‘lgan hollarda jinoyat tarkibi
mavjudmi?
12. Nimaga alkogolli mastlikning har qanday darajasi sodir etilgan
qilmish uchun jinoiy javobgarlikni istisno etmaydi?
13. Mastlikning qanday turi aqli rasolikni istisno etadi va jinoiy
javobgarlikka olib kelmaydi?
14. Maxsus subyektning belgilarini aytib bering. Ularning ahamiyati
nimadan iborat?
15. «Jinoyat subyekti» va «jinoyatchining shaxsi» tushunchalari bir-
biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Jinoyat huquqida jinoyatchining
shaxsi deganda nima tushuniladi?
Dostları ilə paylaş: