Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

jinoyatning shaxsga 
bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra, tugallanmay qolishidir
. Jinoyatning 
tamom bo‘lishiga to‘sqinlik qilgan turli xil holatlarni bir narsa 
birlashtiradi, ularning har biri jinoyatchining xohishiga bog‘liq bo‘lmagan 
holatlarga ko‘ra yuzaga keladi. Bu holatlar turlicha bo‘lishi mumkin, 
masalan, favqulodda to‘siqlar, nomaqbul guvohlarning paydo bo‘lib 
qolishi, jabrlanuvchining faol qarshilik ko‘rsatishi, jinoyat qurollari va 
vositalarining yaroqsizligi, ishning haqiqiy holatlarida (jinoyat obyekti, 
vositalari, harakat usullarida) xatoga yo‘l qo‘yilishi va h.k.
Mazkur belgi suiqasdning yuqorida ko‘rsatilgan obyektiv belgilarini 
birlashtirib, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan farqlash 
imkonini beradi. Masalan, aybdor o‘zining ichki hissiyotlari ta’sirida 
(jabrlanuvchiga rahm-shafqat hissi va h.k.) jinoiy faoliyatini oxirigacha 
olib bormasa, suiqasd mavjud bo‘lmaydi. Bu holda qilmish jinoyatni sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.
Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning 
subyekt belgilari 
faqat 
to‘g‘ri 
qasdda
ifodalanadi. Aybdor jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda 
muayyan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etayotganini anglaydi va jinoyatni 
mantiqiy yakuniga yetkazish, zarur jinoiy natijaga erishishni xohlaydi. 
Jinoyat obyektiv tomonining yakunlamaganini, u hali mo‘ljallagan 
274 


harakatlarining barchasini bajarmaganini, ko‘zlagan maqsadiga hali 
erishmaganini shaxs anglaydi.
Subyektning o‘z harakati (harakatsizligi)ning tugallanganlik darajasi 
haqidagi tasavvuri subyekt mezonga asoslanadi.
NOTA BENE ! 
Suiqasd 
– bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan hamda 
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, oxiriga yetkazilmagan
qasddan sodir etilgan harakat (harakatsizlik)dir. 
Aybdor tomonidan amalga oshirilgan harakatlarning yakuniga 
yetkazilganlik darajasiga qarab, suiqasd tamom bo‘lgan va tamom 
bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin