Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 26-moddasi 3-qismi
mazmuniga ko‘ra, jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytish javobgarlikni butun jinoiy xulq-atvorga nisbatan istisno 
qilmaydi. «Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar 
amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari 
bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi». 
Bunday hollarda jinoiy javobgarlik subyekt amalda (jinoyat sodir 
etishdan qaytgan paytgacha) sodir etgan qilmishi uchun kelib chiqadi. Shu 
sababli, odam o‘ldirish uchun zaharli moddani o‘g‘irlagan shaxs uni sodir 
etishdan ixtiyoriy qaytgan bo‘lsa, qasddan odam o‘ldirish uchun 
javobgarlikdan ozod qilinadi, chunki u hech qanday harakat sodir etmagan 
va ularni sodir etishdan qaytgan, biroq u zaharli moddani qonunga xilof 
ravishda egallagani uchun JK 251-moddasiga binoan javobgarlikka 
tortilishi lozim. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni o‘z qilmishidan chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsni o‘z aybiga iqror bo‘lib, 
keltirilgan zararni bartaraf qilish, tugatish, qoplash, jinoyatning 
ochilishiga, uning boshqa ishtirokchilari fosh qilinishiga, jinoyat natijasida 
egallangan mol-mulkni izlab topishga yordam berish bilan bog‘liq faol 
ixtiyoriy harakatlardan farqlay olish lozim. O‘z qilmishidan chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lishga aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz 
qilish kiradi. O‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish 
283 


javobgarlikni yengillashtiradigan holat hisoblanadi, ba’zi bir hollarda esa, 
u jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lishi ham mumkin. 
«Tamom bo‘lmagan jinoyatlar»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
1. Jinoyatni sodir qilish bosqichlari nima? Jinoyat sodir qilish haqidagi 
qasdning paydo bo‘lishi jinoyatni sodir qilish bosqichlariga kiradimi? 
2. Tamom bo‘lmagan jinoyatning qanday turlari mavjud? Ularning 
jinoyat-huquqiy mohiyati nimada? 
3. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deganda nima tushuniladi? Jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir qilishga qasdning paydo bo‘lishidan 
nima bilan farqlanadi? 
4. Jinoyatga suiqasd qilish nimada ifodalanadi? Uning obyektiv va 
subyekt belgilarini ayting. 
5. Jinoyatga suiqasd jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi hamda 
tamom bo‘lgan jinoyatdan nimasi bilan farq qiladi? 
6. Tamom bo‘lgan jinoyatni tavsiflang. 
7. Suiqasdning qanday turlari mavjud? Tamom bo‘lgan suiqasd 
tamom bo‘lmagan suiqasddan qanday farqlanadi? 
8. Shaxs jinoyatni oxiriga qadar yetkazmaganligi sabablari jinoyat-
huquqiy ahamiyatga egami? 
9. Yaroqsiz suiqasd deganda nima tushuniladi? 
10.Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deganda nima 
tushuniladi? Uning huquqiy oqibatlari qanday? 
11. Ixtiyoriy qaytishning qanday shakllari mavjud? Tamom bo‘lgan 
jinoyatdan ham ixtiyoriy qaytish mumkinmi?
12.Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lishdan qanday farqlash mumkin? 
284 



Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin