Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Ishtirokchilikning obyektiv belgilari



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Ishtirokchilikning obyektiv belgilari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
– bir jinoyatning o‘zida ikki va undan ortiq shaxslar ishtiroki
– jinoyatda ular ishtirokining birgalikda amalga oshirilishi; 
– har bir ishtirokchi harakatlari bilan bajaruvchi sodir etgan jinoyat 
o‘rtasida sababiy bog‘liqlik mavjudligi. 
Ishtirokchilikning birinchi obyektiv alomati – 
bir jinoyatning o‘zida 
ikki va ko‘proq shaxslar ishtirokini
aniqlash uchun ishtirokchilardan har 
biri jinoyat subyekti alomatlariga ega bo‘lishi zarur, ya’ni aqli raso hamda 
tegishli muayyan jinoyat uchun jinoiy javobgarlik yoshi boshlanishiga 
yetgan bo‘lishi darkor. 
Ishtirokchilar jinoiy faoliyatining birgalikda amalga oshirilishi 
shunda ifodalanadiki, jinoyat o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlanilgan 
harakatlar (harakatsizlik) bilan amalga oshiriladi, bir necha shaxslarning 
qilmishlari barcha uchun umumiy jinoiy natijaga erishishga yo‘naltirilgan. 
Jinoyat sodir etishda ikki yoki undan ortiq shaxslarning birgalikdagi 
ishtiroki bitta ishtirokchi faoliyatini boshqasining faoliyati to‘ldirgan 
paytda ham mavjud, zero bu ular uchun umumiy ijtimoiy xavfli oqibatga 
erishish imkonini beradi. Agar shunday birgalikdagi faoliyat faqat tashqi 
xarakterga ega bo‘lib, ichki, anglangan bog‘liqlik bo‘lmasa, u holda 
yagona jinoyatdagi ishtirokchilik haqida so‘z yuritish mumkin emas. 
Mazkur hollarda aybdorlar, ularning jinoiy faoliyati obyektiv ravishda 
umumiy, yagona natijaga sabab bo‘lganligiga qaramay, mustaqil jinoiy 
javobgarlikka tortilishi lozim. 
Ishtirokchilikning har biri jinoyat sodir etilishiga o‘zining ma’lum 
hissasini qo‘shadi. Ulardan birlari barcha ishtirokchilarni tashkillashtirish
muvofiqlashtirish bo‘yicha harakatlarni bajaradi, boshqalari faqat jinoyat 
sodir etilishi sharoitlarini yaratadi, uchinchilari uni amalga oshiradi
to‘rtinchilari esa jinoyat izlari berkitilishini ta’minlashadi, uning 
ochilishiga to‘sqinlik qilishadi. Shu tariqa aybdorlarning birgalikdagi 
faoliyati, bir tomondan har bir ishtirokchi harakatlari (harakatsizligi) 
290 


o‘rtasidagi maqsad birligi va sababiy bog‘liqlikda, boshqa tomondan – 
umumiy jinoiy natijada, shuningdek, boshqa ishtirokchilar tomonidan 
harakatlar amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda ifodalanadi. 
Qilmish, jinoiy natija va har bir ishtirokchi qilmishining sababiy 
bog‘liqligi birgalikning obyektiv tavsifini tashkil etadi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin