Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 26-moddasi 2-qismi)
. Amalda jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytgan shaxs tayyorgarlik harakatlarini yoki muayyan jinoyatni 
sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni to‘xtatadi, zero uning irodasi 
bundan buyon huquq bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishga 
qaratilmagan. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish doimo jinoyat 
tarkibini istisno etadi. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning asosiy 
vazifasi ham aynan shu – jinoyatlarning oldini olish va to‘xtatib qo‘yish. 
Boshlangan jinoiy faoliyatni to‘xtatib, jinoiy javobgarlikdan qutulish 
imkoniyatining qonunda mustahkamlanishi shaxsni o‘z jinoiy niyatini 
yakunlashdan bosh tortishga rag‘batlantiradi. 
JK 26-moddasi 1-qismiga
ko‘ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 
qaytish, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatish, ya’ni 
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va unga suiqasd bosqichida mavjud bo‘lishi 
mumkin. U jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini to‘xtatishda 
ifodalanib, bunda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish jinoyatdan 
qaytishni keltirib chiqaradi va jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan 
harakatlarni to‘xtatish yoxud jinoiy oqibatni keltirib chiqarishning oldini 
olishda ifodalanib, bu jinoyat sodir etishga qasd qilish bosqichida jinoyat 
sodir etishdan qaytishni tavsiflaydi. 
Qonundan jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki asosiy 
alomati kelib chiqadi: ixtiyoriylik va uzil-kesillik (qat’iylik). 
Ixtiyoriylik
deganda, shaxsning boshlagan jinoiy xatti-harakatini o‘z 
xohishi bilan hech qanday tashqi ta’sirlarsiz oxiriga yetkazish imkoni 
borligini anglagan holda to‘xtatishi tushuniladi. Bunday qaytishning 
motivi turlicha (uyalish, farzandlari taqdiri haqida o‘ylash, jabrlanuvchiga 
278 


rahmi kelishi), shuningdek, qarindosh va do‘stlarining maslahatlari 
natijasida bo‘lishi mumkin. Motiv qanday bo‘lmasin shaxs o‘z xohishi 
bilan jinoyatdan qaytgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Jinoyat 
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish har doim subyektning erkin xohish-irodasi 
natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak. 
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri – bu shaxsning jinoyatni 
davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashidir. Shu 
shartlarsiz shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoyatni 
yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, uni jinoyat 
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos bo‘lmaydi. 
Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatida harakat qilsa, lekin 
atrofda odamlarning borligi, qurolning yarog‘sizligi yoki qo‘riqlash 
signalizatsiyasi ishlab ketganligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu 
ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. 
Shaxs o‘zi boshlagan jinoyatni oxiriga yetkazish imkoniyatini istisno 
qiluvchi o‘tib bo‘lmas to‘siqlar mavjud deb (hattoki yanglish) qarashi 
jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriy emas, balki majburiy 
bo‘lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, shaxs o‘zganing mulkini talon-
toroj qilish maqsadida qonunga xilof ravishda kirgan uyda o‘rnatilgan 
o‘ziga notanish moslamani signalizatsiya vositasi deb o‘ylab, uyni tark 
etadi. 
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin