rahmi kelishi), shuningdek, qarindosh va do‘stlarining maslahatlari
natijasida bo‘lishi mumkin. Motiv qanday bo‘lmasin shaxs o‘z xohishi
bilan jinoyatdan qaytgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish har doim subyektning erkin xohish-irodasi
natijasida kelib chiqqan bo‘lishi kerak.
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri – bu shaxsning jinoyatni
davom ettirish va yakuniga yetkazishga imkoni borligini anglashidir. Shu
shartlarsiz shaxs agar o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, jinoyatni
yakuniga yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo‘lmasa, uni jinoyat
sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga asos bo‘lmaydi.
Masalan, agar shaxs qasddan odam o‘ldirish jinoyatida harakat qilsa, lekin
atrofda odamlarning borligi, qurolning yarog‘sizligi yoki qo‘riqlash
signalizatsiyasi ishlab ketganligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu
ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi.
Shaxs o‘zi boshlagan jinoyatni oxiriga yetkazish imkoniyatini istisno
qiluvchi o‘tib bo‘lmas to‘siqlar mavjud deb (hattoki yanglish) qarashi
jinoyat sodir etishdan qaytishning ixtiyoriy emas, balki majburiy
bo‘lganligidan dalolat beradi. Misol uchun, shaxs o‘zganing mulkini talon-
toroj qilish maqsadida qonunga xilof ravishda kirgan uyda o‘rnatilgan
o‘ziga notanish moslamani signalizatsiya vositasi deb o‘ylab, uyni tark
etadi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishda
Dostları ilə paylaş: