Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


Har bir ishtirokchi harakatlari bilan bajaruvchi sodir etgan



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Har bir ishtirokchi harakatlari bilan bajaruvchi sodir etgan 
jinoyat o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik
shunday shart-sharoitni qaror 
toptirishda namoyon bo‘ladiki, bunda obyektiv voqelikda vujudga kelgan 
zararli oqibatlar barcha ishtirokchilarning birgalikdagi jinoiy faoliyati 
tufayli yuzaga keladi. Masalan, qotillik bir necha bajaruvchilarining 
harakatlari uyg‘unlikda jinoiy natija – jabrlanuvchi o‘limi sababini tashkil 
etadi. 
Aybdorlar o‘rtasida rollar taqsimoti belgilangan «murakkab» 
ishtirokchilikda sababiy bog‘liqlik qo‘shimcha xususiyatlar bilan 
tavsiflanadi. Bu o‘rinda jinoiy natija bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va 
yordamchi faoliyatining oqibati bo‘ladi. Bunda jinoyatning muayyan turini 
tashkil etuvchi harakatlar bevosita faqat bajaruvchi tomonidan amalga 
oshirilsa ham, boshqa ishtirokchilar jinoyatni sodir etish uchun sharoitlar 
yaratgan holda o‘z faoliyati bilan umumiy jinoiy natijaga yordam 
berishadi. 
Xususan, bajaruvchining jinoyatni amalga oshirish harakatlari 
boshlangunga qadar yoki uning jinoyatni amalga oshirishi mobaynida 
dalolatchilik va yordam berish shaklidagi ishtirokchilik bo‘lishi mumkin. 
Jinoyatni tashkillashtirish uning amalga oshirilishi mobaynida ko‘proq 
bajaruvchi faoliyatini boshlagunga qadar, kamroq esa jinoyat sodir 
etilishiga rahbarlik sifatida namoyon bo‘ladi. Jinoiy natija yuzaga 
kelgandan keyin har qanday faoliyat, agar u maxsus tilga olinmagan 
bo‘lsa, ishtirokchilik deb tan olinishi mumkin emas. Xususan, oldindan 
va’da qilinmagan yashirish, jinoyat haqida ma’lum qilmaslik, unga yo‘l 
qo‘yish (bular jinoyatga daxldorlik turlarini tashkil etadi) ishtirokchilik 
sifatida ko‘rilishi mumkin emas, zero ular zararli oqibatlar yuzaga kelishi 
sababi jihatdan shart-sharoit yaratmaydi. 
291 


Shuni hisobga olish zarurki, real voqelikda jinoyat bir necha shaxslar 
intilishlarini qo‘shish yo‘li bilan yoki ularning har bir mustaqil intilgan 
natija yuzaga kelganda yoxud bir shaxs qilmishi boshqasining qilmishiga 
imkon berganda yoki ulardan har birining qilmishi natija bilan sababiy 
bog‘liqlikda turganda sodir etilishi mumkin, shu bilan birga, bu holatlarni 
ishtirokchilik deb bo‘lmaydi. 
Bunday vaziyatlarda ishtirokchilik mavjud emasligi shu bilan 
izohlanadiki, bir necha shaxslarning harakatlari parokanda, chunki 
ularning har biri boshqasidan ajralgan holda harakat qiladi. Bunda, garchi 
jinoiy oqibat ularning qo‘shilgan harakatlari natijasi bo‘lib, binobarin, 
ularning harakatlari ular uchun umumiy jinoiy oqibat sababi bo‘lganda 
ham, ishtirokchilik mavjud bo‘lmaydi. Misol uchun, fuqaro A. tomonidan 
fuqaro B.ni o‘qotar quroldan otib yarador qilishi, fuqaro V.ni yarani 
bog‘lashda infeksiya tushirgani bois fuqaro B.ning o‘limi yuz berganida, 
bu vaziyatni bunga sharoit yaratgan fuqaro A. bilan birgalikdagi jinoiy 
faoliyat sifatida ko‘rish mumkin emas. 
Har qanday ishtirokchining ijtimoiy xavfli qilmishlari amalga 
oshirilgan jinoyat doirasida jinoiy oqibat vujudga kelishining zaruriy sharti 
bo‘lishi kerak. 
Ishtirokchilarning harakatlari birgalikda bo‘lganligi haqidagi masala 
nafaqat obyektiv holatlar asosida, balki ko‘p jihatdan subyekt alomatlarga 
ham bog‘liq. 
Ishtirokchilikning 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin