ishtirokchining harakati ham qo‘shilgani haqida xabardorligini bildiradi.
Bajaruvchi boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etayotganligini
anglamagan hamda mazkur shaxslar uning jinoiy niyatlarini bilmagan
hollarda, ishtirokchilik istisno qilinadi.
Har bir ishtirokchi tomonidan o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini
va jinoyat tarkibi alomatlari bilan qamrab olingan boshqa
ishtirokchilar
harakatlarining ijtimoiy xavfliligini
anglash, birgalikdagi jinoiy
faoliyatning ijtimoiy xavfli oqibatlari yuzaga kelishini oldindan ko‘ra
bilishni ham nazarda tutadi.
Jinoyat ishtirokchilari harakatlarining o‘zaro muvofiqligi
shaxslarning jinoyat sodir etishda niyatlar va xohish-istaklari o‘zaro
ifodalanganligida namoyon bo‘ladi. Muvofiqlik jinoyatni birgalikda sodir
etishning subyekt ifodasini, ishtirokchilar o‘rtasidagi
birdamlikni subyekt
tomondan tavsiflaydigan zaruriy ruhiy-psixologik aloqani aks ettiradi.
JK
27-moddasida
belgilanuvchi ishtirokchilik tushunchasida
jinoyatda barcha ishtirokchilar harakatlari qasddan qilinganlik mazmuniga
ko‘rsatma mavjud bo‘lib, bu ehtiyotsizlik tufayli sodir qilingan jinoyatda
ishtirokchilik mumkinligini istisno etadi.
Ishtirokchilar qasdining intellektual holati
o‘z qilmishlari ijtimoiy
xavfliligi va bajaruvchi qilmishining ijtimoiy xavfliligini oldindan
anglashni qamrab oladi. Jinoyat ishtirokchilarining ongida bajaruvchi
qilmishlarining taxminiy ijtimoiy xavfli
oqibatlari, bajaruvchi qilmishi
bilan jinoiy oqibati o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik rivoji ham umumiy
chizgilar orqali qamrab olinadi.
Ishtirokchilar qasdining intellektual
holati nafaqat bajaruvchi
qilmishining obyektiv tomoniga taalluqli, balki jinoyat obyekti va subyekti
– jinoyat bajaruvchisiga mansub holatlarni ham anglash bilan tavsiflanadi.
Ikki va undan ko‘proq shaxsning bitta jinoyat
sodir etishdagi faoliyati
birgalikdagi jinoyatga barcha ishtirokchilarning yagona, umumiy, har bir
ishtirokchi ongi bilan qamrab olingan jinoyat obyektiga tajovuzi bilan
shartlanadi.
Jinoyat ishtirokchilari JK Maxsus qismida bayon etilgan, jinoyat
subyektini (bajaruvchini) tavsiflovchi zaruriy alomatlarni anglashlari lozim
294
(masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi va hokazo). Zero, jinoiy
qasd bilan harakat qilayotgan shaxs, jinoyatni
sodir etishda, JK da mavjud
qoidalarga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortilmaydigan boshqa shaxslardan
(ruhiy kasallardan yoki jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan shaxslardan)
jinoyatni bevosita bajaruvchilari
sifatida foydalanib, bilvosita zarar
yetkazgan holat, ishtirokchilikni tashkil etmaydi.
Dostları ilə paylaş: