Ishtirokchilar o‘rtasida jinoyatni sodir etishga oldindan kelishuv
mavjud bo‘lganda, birgalikni belgilash qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Birgalikning subyekt holatlarini aniqlash jinoyatga ishtirokchilar o‘rtasida
oldindan kelishuv mavjud bo‘lmaganda murakkablashadi.
Shaxs xatti-harakatida ikki holat:
umumiy harakatlar bilan
muayyan natijaga erishishga intilish
hamda o‘zlari uchun umumiy
natijaga intilayotgan boshqa shaxslarning faoliyatini hisobga olish,
boshqacha aytganda,
har bir ishtirokchi tomonidan boshqa
ishtirokchilar jinoiy faoliyatini anglash
mavjudligi birgalikni aniqlash
mezonidir.
Barcha ishtirokchilar uchun muayyan umumiy natijaga
erishishga intilish
– ishtirokchilikning zaruriy qismidir, aynan shu holat
birgalikda sodir etilayotgan jinoyatga nisbatan har bir ishtirokchi
niyatining yo‘naltirilganligini tavsiflaydi. Bir necha shaxslar harakatini
birlashtirish yagona jinoiy natijaga erishishni yengillashtirish zaruriyati
bois yuzaga kelgan bo‘ladi.
Birgalikda jinoyat sodir etish haqida o‘zaro xabardorlik
ishtirokchilardan har biri boshqalar bilan birgalikda bitta jinoyat sodir
etishda qatnashayotganini anglashini nazarda tutadi.
Ishtirokchilarning o‘zaro xabardorligi muvofiqlashganligi shu bilan
tavsiflanadiki, jinoyatga ishtirokchilarning har biri, birinchidan, jinoyatni
birgalikda sodir etilishi faktini, ikkinchidan, har qanday emas, muayyan
jinoyat sodir etilishini, uchinchidan, nafaqat o‘z qilmishining, balki boshqa
ishtirokchilar (kamida bittasini) qilmishlarining ijtimoiy xavfli mazmunini
anglaydi. Masalan, raqobatchini diskreditatsiya qilishda (JK 192-moddasi)
oldindan yolg‘on, noaniq yoki qing‘ir axborot bir shaxs tomonidan
tayyorlangan, amalda esa boshqa shaxs tomonidan oshkor etishga
(televideniye orqali, gazetada chop etish va hokazo) berilgan bo‘lishi
mumkin, bunda, agar bajaruvchi o‘zi berayotgan informatsiya
yolg‘onligini anglagan bo‘lsa, mazkur jinoyatni sodir etishda ishtirokchilik
sifatida kvalifikatsiya qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: