Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

ishtirokining xarakteri
har bir 
ishtirokchining funksional rolini belgilaydi. 
Uning jinoyatdagi 
ishtiroki darajasi 
esa, shaxsning o‘z rolini bajarish 
bo‘yicha harakatlari jadalligi haqida, uning hamjihatlikda sodir etiluvchi 
jinoyatga hissasi haqida tasavvur beradi. Masalan, odam o‘ldirishda 
yordamchilik shaxs jinoyat qurbonini qachon va qayerda poylash 
qulayroqligi xususida maslahat berganda yoxud bajaruvchining iltimosiga 
ko‘ra, unga qotillik qurolini topib berishda, bajaruvchiga jinoyat joyidan 
tezda g‘oyib bo‘lishi uchun transport vositasini topib berishda va 
hokazolarda ifodalanishi mumkin. Har ikki holatda ham yordamchining 
funksional roli (ya’ni, ishtiroki xarakteri) bir xil, ammo ishtirok darajasi 
turlichadir. Bundan tashqari, aynan harakatlar tavsifi ishtirokchilarni 
turlarga ajratish imkonini beruvchi alomatlardir. Ishtirokchilar 
harakatlarining xarakteri qonun chiqaruvchi tomonidan «tashkil etdi», 
«rahbarlik qildi», «og‘dirdi», «yordamlashdi» kabi ifodalarda tavsiflanadi. 
Shu tariqa faqat jinoyatdagi ishtirokida, ya’ni yagona jinoyatning tashqi 
tomonini bajarishda har bir ishtirokchi, bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi 
va yordamchilar o‘rtasidagi tafovutni topish, demak ular ayblanayotgan 
muayyan jinoyatlar tarkiblarini topish ham mumkin. 
Ishtirokchilikda sodir etiluvchi jinoyatda 
bajaruvchi 
markaziy siymo 
hisoblanadi. Bajaruvchi o‘zining qatorida boshqa funksional rolni 
bajaruvchi shaxslar – tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi harakat 
qilgan hollardagina mavjuddir.
NOTA BENE ! 
Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud qonunga 
muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki 
boshqa vositalardan foydalanib jinoyat sodir etgan shaxs 
bajaruvchi 
hisoblanadi 
(JK 28-moddasi 2-qismi).
296 


Bajaruvchi yo‘qligi jinoyatda ishtirokchilikni istisno etadi. Uning 
xatti-harakati jinoyatning boshqa ishtirokchilari qilmishini yuridik 
baholashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan jinoyat subyektini tavsiflovchi 
alomatlarga ega shaxsgina bajaruvchi deb tan olinishi mumkin, aks holda 
uning qilmishida jinoiy javobgarlikka jalb etishning zaruriy sharti mavjud 
bo‘lmaganligi bois, jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Bu nafaqat barcha 
subyektlarga xos umumiy belgilarga (muayyan yoshga yetish, aqli rasolik), 
balki maxsus subyektni tavsiflovchi alomatlarga ham daxldordir. Agar 
JKning Maxsus qismi moddasi, maxsus subyekt mavjudligini talab etib
jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ushbu maxsus subyekt 
alomatlariga ega bo‘lmasa (masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi, 
tergovchi, sudya va hokazo bo‘lmasa), u holda shaxs mazkur jinoyat 
tarkibining obyektiv tomoniga kiruvchi muayyan harakatlarni amalga 
oshirganda ham, jinoyatning bajaruvchisi deb tan olinishi mumkin emas. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin