Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 28-moddasi 2-qismi
holatlaridan kelib chiqib, bajaruvchilikning 
bir necha muhim belgilarini ajratish mumkin: 
– jinoiy qasdni, ya’ni jinoyatni to‘liq yoki qisman bajarish; 
– jinoyatni bevosita sodir etish; 
– jinoyatni qonun kuchiga ko‘ra javobgarlikka tortilmaydigan boshqa 
shaxslardan yoki o‘zga vositalardan foydalanish orqali sodir etish 
(jinoyatni bilvosita sodir etish). 
Jinoyatni to‘liq sodir etish 
– bu JK Maxsus qismi moddasi 
dispozitsiyasidagi ta’rifiga muvofiq qilmishni to‘liq hajmda bajarishdir. 
Mazkur holatda jinoyatda jinoyat tarkibining obyektiv tomoni to‘liq 
bajariladi. 
Jinoiy qasdni qisman bajarish
jinoyatning obyektiv tomonini tashkil 
etib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holda tugallanmay qolgan yoki modda 
dispozitsiyasida (jinoyatlarning moddiy tarkiblarida) ko‘zda tutilgan jinoiy 
oqibatni yuzaga keltirmagan qilmishni sodir etishda ifodalanadi. 
Jinoyatni bevosita sodir etish 
shuni bildiradiki, shaxs muayyan 
jinoyat tarkibining obyektiv belgilarini qamrab oladigan qilmishni amalda 
sodir etadi. Bunda bajaruvchi yakka tartibda hamda boshqa shaxslar 
(birgalikda bajaruvchilar) bilan birga harakat qilishi mumkin. Keyingi 
297 


holatda birgalikda bajaruvchilar o‘rtasida rollar taqsimlangan bo‘lib, 
ularning har biri jinoiy qilmishning obyektiv tomonini qisman bajaradi. 
Masalan, bosqinchilik hujumini sodir etishda bir bajaruvchi jabrlanuvchi 
hayot yoki sog‘lig‘i uchun xavfli zo‘rlikni qo‘llaydi yoki shunday zo‘rlikni 
qo‘llash bilan tahdid qiladi, boshqasi esa jabrlanuvchining mol-mulkini 
egallaydi, bunda ikki subyekt ham jabrlanuvchi mol-mulkini talon-toroj 
qilish maqsadida harakat qilishadi. 
Birgalikda bajaruvchilik tushunchasi jinoiy qonunchilikda mavjud 
emas. Biroq jinoyatda shunday ishtirokchilik mavjudligi Oliy sud Plenumi 
tushuntirishlarida ishtirokchilik shakli
1
hamda ishtirokchilik turi
2
sifatida 
nazarda tutiladi. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin