JK 26-moddasi 3-qismi
mazmuniga ko‘ra, jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytish javobgarlikni butun jinoiy xulq-atvorga nisbatan istisno
qilmaydi. «Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar
amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari
bo‘lsa, ushbu Kodeks bo‘yicha javobgarlikka tortiladi».
Bunday hollarda jinoiy javobgarlik subyekt amalda (jinoyat sodir
etishdan qaytgan paytgacha) sodir etgan qilmishi uchun kelib chiqadi. Shu
sababli, odam o‘ldirish uchun zaharli moddani o‘g‘irlagan shaxs uni sodir
etishdan ixtiyoriy qaytgan bo‘lsa, qasddan odam o‘ldirish uchun
javobgarlikdan ozod qilinadi, chunki u hech qanday harakat sodir etmagan
va ularni sodir etishdan qaytgan, biroq u zaharli moddani qonunga xilof
ravishda egallagani uchun JK 251-moddasiga binoan javobgarlikka
tortilishi lozim.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni o‘z qilmishidan chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, ya’ni shaxsni o‘z aybiga iqror bo‘lib,
keltirilgan zararni bartaraf qilish, tugatish, qoplash, jinoyatning
ochilishiga, uning boshqa ishtirokchilari fosh qilinishiga, jinoyat natijasida
egallangan mol-mulkni izlab topishga yordam berish bilan bog‘liq faol
ixtiyoriy harakatlardan farqlay olish lozim. O‘z qilmishidan chin
ko‘ngildan pushaymon bo‘lishga aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz
qilish kiradi. O‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish
283
javobgarlikni yengillashtiradigan holat hisoblanadi, ba’zi bir hollarda esa,
u jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos bo‘lishi ham mumkin.
«Tamom bo‘lmagan jinoyatlar»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
1. Jinoyatni sodir qilish bosqichlari nima? Jinoyat sodir qilish haqidagi
qasdning paydo bo‘lishi jinoyatni sodir qilish bosqichlariga kiradimi?
2. Tamom bo‘lmagan jinoyatning qanday turlari mavjud? Ularning
jinoyat-huquqiy mohiyati nimada?
3. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deganda nima tushuniladi? Jinoyatga
tayyorgarlik ko‘rish jinoyat sodir qilishga qasdning paydo bo‘lishidan
nima bilan farqlanadi?
4. Jinoyatga suiqasd qilish nimada ifodalanadi? Uning obyektiv va
subyekt belgilarini ayting.
5. Jinoyatga suiqasd jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bosqichi hamda
tamom bo‘lgan jinoyatdan nimasi bilan farq qiladi?
6. Tamom bo‘lgan jinoyatni tavsiflang.
7. Suiqasdning qanday turlari mavjud? Tamom bo‘lgan suiqasd
tamom bo‘lmagan suiqasddan qanday farqlanadi?
8. Shaxs jinoyatni oxiriga qadar yetkazmaganligi sabablari jinoyat-
huquqiy ahamiyatga egami?
9. Yaroqsiz suiqasd deganda nima tushuniladi?
10.Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deganda nima
tushuniladi? Uning huquqiy oqibatlari qanday?
11. Ixtiyoriy qaytishning qanday shakllari mavjud? Tamom bo‘lgan
jinoyatdan ham ixtiyoriy qaytish mumkinmi?
12.Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishni chin ko‘ngildan
pushaymon bo‘lishdan qanday farqlash mumkin?
284
|