Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JK 25-moddasi 3-qismiga
ko‘ra, «Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik 
va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu 
Kodeks Maxsus qismining tamom bo‘lgan jinoyat uchun javobgarlikni 
belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi». 
Tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jinoyatning oxiriga 
yetkazilmaganlik sabablari, shuningdek, jinoiy qasdning amalga 
oshirilganlik darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatga suiqasd qilishdan yengilroq jazoni keltirib 
chiqarsa, tamom bo‘lmagan suiqasd tamom bo‘lgan suiqasdga nisbatan 
yengilroq jazolanadi. 
4-§. Jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Muayyan hollarda jinoyat sodir etishni boshlagan va uni tamomlash 
uchun barcha zarur imkoniyatlarga ega bo‘lgan shaxs uni sodir etishdan 
qaytadigan bo‘lsa, bu jinoyat huquqida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy 
qaytish deb topiladi. 
JK 26-moddasi 1-qismiga
muvofiq, «Shaxs jinoyatga tayyorgarlik 
ko‘rish harakatlarini yoki bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan 
harakatlarini oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, 
shuningdek, jinoiy oqibat kelib chiqishini anglagan holda, shunday oqibat 
kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb 
baholanadi». 
1
Курс уголовного права. Общая часть. Том 1: Учение о преступлении. Учебник для вузов. Под ред. д.ю.н., 
проф. Н.Ф. Кузнецовой и к.ю.н., доц. И.М. Тяжковой. – С. 246. 
277 


Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish 
– ijtimoiy xavfli, qonunga 
xilof va aybli qilmishni sodir etishdan o‘zini tiygan va (yoki) muayyan 
jinoiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olgan shaxs xulq-atvorining 
qonuniy harakatidir. Shaxs boshlagan jinoiy faoliyatini (jinoyatga 
tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga qasd qilishni) oxiriga 
yetkazish mumkinligini anglagan holda ixtiyoriy va uzil-kesil to‘xtatishi 
jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi. Jinoyat sodir etishdan 
ixtiyoriy qaytishning asosiy huquqiy oqibati – uning jinoiy javobgarlikni 
istisno qilishi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin