Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

obyektiv belgilariga 
quyidagilar kiradi:
– jinoyatni bajarishning boshlanishi, ya’ni konkret jinoyat tarkibi 
obyektiv belgilarida ko‘zda tutilgan harakat (harakatsizlik)ni sodir etish; 
– jinoyat tamom bo‘lmaganligi; 
–jinoyatning shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra tugallanishi. 
Suiqasd – bu birinchi navbatda, 
konkret jinoyat tarkibi obyektiv 
belgilarida ko‘zda tutilgan, bevosita jinoyat sodir etishga qaratilgan 
harakat (harakatsizlik)ni bajarishning boshlanishidir. 
Ayni shu 
harakat (harakatsizlik) jinoyatni amalga oshirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Tajovuz boshlangan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun bilan qo‘riqlanadigan 
obyekt (mulk munosabatlari, hayot yoki sog‘liq xavfsizligi, jinsiy erkinlik 
va boshq.)ga qarshi qaratiladi, uni jiddiy zarar yetishi xavfi ostiga qo‘yadi.
Aksariyat hollarda, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish faol 
harakatlarni amalga oshirish yo‘li bilan sodir etiladi, ushbu harakatlar turli 
xil bo‘lib, muayyan jinoyatning obyektiv tomoni bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Misol uchun, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib o‘g‘irlik sodir etishga 
qasd qilishni aniqlash uchun shaxs uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan 
yoki hech bo‘lmasa bunga harakat qilgan, masalan, uy eshigining qulfini 
buzgan bo‘lishi kerak. Onaning o‘z chaqalog‘ini o‘ldirishga suiqasd 
qilganligini bilish uchun chaqaloqning ovqatlantirilganligi yoki aksini 
aniqlash kerak bo‘ladi. 
272 


Jinoiy tajovuz tugallanmaganligi
(jinoyat oxiriga yetkazilmaganligi) 
– jinoyat sodir etishga suiqasd qilishning yana bir muhim obyektiv 
alomati. Jinoyat sodir etishga qasd qilish, jinoiy faoliyat (tamom 
bo‘lmagan jinoyat doirasida) rivojlanishining mustaqil bosqichi sifatida, 
tamom bo‘lgan jinoyatdan aynan o‘zining tugallanmagani bilan farq qiladi. 
Suiqasdda jinoyat obyektiv tomoni to‘liq amalga oshirilmaydi. Subyekt 
o‘zi niyat qilgan barcha jinoiy harakatlarni amalga oshirolmaydi 
(harakatsizlik) yoxud u ko‘zlagan jinoiy natija yuzaga kelmaydi. 
Xususan, moddiy tarkibli jinoyatlarga suiqasd qilishda ushbu alomat, 
asosan, jinoyat obyektiv tomonining muhim tarkibiy qismi – oqibatning 
yo‘qligini tavsiflaydi. Masalan, shaxs o‘q otish quroli yordamida odam 
o‘ldirish jinoyatini sodir etmoqchi bo‘ladi, ammo nishon xato olinganligi 
sababli shaxs o‘lmay qoladi. Ayni holda aybdor harakatlari subyekt 
tugallanganini jinoiy qilmish amalda tugallanmaganidan farq qilish kerak 
(jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoiy natija mavjud emas). Ammo 
moddiy tarkibli jinoyatlardagi suiqasd jinoyatchining barcha harakatlarini 
bajara olmagani bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Misol uchun, subyekt 
pichoq sanchish uchun qo‘lini ko‘targan, ammo jabrlanuvchi uning qo‘lini 
ushlab qolgan holat kiradi. Mazkur holatda hayotga tajovuz qilish bilan 
bog‘liq barcha harakatlar oxiriga yetkazilmaganligini va o‘z-o‘zidan 
oqibatning kelib chiqmaganligini payqash mumkin. 
Jinoyat sodir etishga suiqasd qilishda ko‘pincha aybdor 
mo‘ljallamagan, ko‘zda tutmagan ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqadi 
(masalan, odam o‘ldirishga qasd qilishda jabrlanuvchining sog‘lig‘iga 
og‘ir shikast yetkaziladi). Bu qilmishni tamom bo‘lgan jinoyatga 
aylantirmaydi, chunki jinoiy qilmish tamom bo‘lgan deb topilishi uchun 
har qanday ijtimoiy xavfli oqibat emas, balki qonunda bevosita 
ko‘rsatilgan ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab etiladi. Bu holatda 
suiqasdni tamom bo‘lgan jinoyatdan farqlash uchun aybdor shaxsning 
qasdini aniqlash zarur. Xususan, odam o‘ldirishga qasd qilishda 
jabrlanuvchining sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishi odam o‘ldirishga 
suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Xullas, jinoyatga suiqasd 
qiluvchining harakati (harakatsizligi) ma’lum zararli oqibatlarga olib 
273 


kelishi mumkin, ammo ular hech qachon aybdor mo‘ljallagan oqibatlar 
bo‘lmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etilgan paytda emas, balki oradan ma’lum vaqt o‘tganidan keyin kelib 
chiqqan (masalan, jabrlanuvchi unga hayotdan mahrum etish maqsadida 
shikast yetkazilganidan keyin oradan bir necha kun o‘tgach vafot etgan) 
hollarda jinoyat tamom bo‘lgan deb topiladi. Qonun nuqtai nazaridan, agar 
aybdorning qasddan sodir etilgan harakati (harakatsizligi) oqibatida, 
oradan qancha vaqt o‘tganidan qat’i nazar, jinoiy oqibat kelib chiqqan 
bo‘lsa, jinoiy qilmish tugallangan deb topiladi. 
Formal tarkibli jinoyatlarda suiqasd jinoyat tarkibini tashkil qiluvchi 
barcha harakatlarning to‘liq bajarilmasligida ifodalanadi. Masalan, shaxs 
qalbaki pullarni o‘tkazishga uringanida qo‘lga olinadi.
Obyektiv tomonni xarakterlovchi uchinchi belgi 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin