Jinoyat sodir etish qurollari yoki vositalarini tayyorlash
ularni
yaratishdan, masalan, lom, ochqich, qalbaki hujjatlar yasashdan iborat.
Jinoyat sodir etish qurollari yoki vositalarini moslashtirish
shaxs
o‘z jinoiy niyatini amalga oshirishda foydalanishni mo‘ljallagan ma’lum
predmetlarga muayyan shakl berish, qayta ishlash kabi harakatlardan
iboratdir, masalan, odam o‘ldirish uchun otvyorkadan foydalanish va h.k.
Til biriktirish yoki kelishuv
– bu kamida ikki shaxsning muayyan
jinoyat sodir etishi va (yoki) ulardan birining jinoyat sodir etishi,
ikkinchisi esa o‘g‘irlik moldan, murdadan va h.k.dan qutulishga yordam
berishi haqida zarur kelishuvga erishishi.
Til biriktirish ikkiyoqlama xususiyatga, ya’ni jinoyat sodir etishga
yoki uni yashirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. U jinoyat sodir etish
uchun shart-sharoit yaratishga ham, sodir etilgan jinoyat izlarini
yashirishga ham qaratilishi mumkin. Til biriktirish usullari har xil bo‘ladi
– shaxslar ixtiyoriy tarzda kelishishlari mumkin, kelishuvga tovlamachilik,
majburlash, aldash, va’da berish natijasida erishilishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: