Bajaruvchi yo‘qligi jinoyatda ishtirokchilikni istisno etadi. Uning
xatti-harakati jinoyatning boshqa ishtirokchilari qilmishini yuridik
baholashga ham ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan jinoyat subyektini tavsiflovchi
alomatlarga ega shaxsgina bajaruvchi deb tan olinishi mumkin, aks holda
uning qilmishida jinoiy javobgarlikka jalb etishning zaruriy sharti mavjud
bo‘lmaganligi bois, jinoyat tarkibi bo‘lmaydi. Bu nafaqat barcha
subyektlarga xos umumiy belgilarga (muayyan yoshga yetish, aqli rasolik),
balki maxsus subyektni tavsiflovchi alomatlarga ham daxldordir. Agar
JKning Maxsus qismi moddasi, maxsus subyekt
mavjudligini talab etib,
jinoiy javobgarlikka tortilayotgan shaxs ushbu maxsus subyekt
alomatlariga ega bo‘lmasa (masalan, mansabdor shaxs, harbiy xizmatchi,
tergovchi, sudya va hokazo bo‘lmasa), u holda shaxs mazkur jinoyat
tarkibining obyektiv tomoniga kiruvchi muayyan harakatlarni amalga
oshirganda ham, jinoyatning bajaruvchisi deb tan olinishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: