xilof xulqi jinoyatga qarshi yo‘naltirilganligining barqarorlik darajasi va
xavfliligini aks ettiruvchi o‘zaro ichki aloqasi va bog‘liqligi yo‘qotilishiga
olib kelgan holatda davomli bo‘lishi mumkin emas.
Shaxs tomonidan sodir etilgan birinchi (ilgarigi) va yangi (keyingi)
jinoyat o‘rtasida o‘zaro aloqa va bog‘liqlik mazkur shaxs jamiyatga qarshi
(jinoiy) xulqining davom etishi sifatida qarash imkonini beruvchi takroran
jinoyat sodir etishda mavjud bo‘ladi. Mazkur aloqa qayd etilishining
jinoiy-huquqiy usuli bo‘lib, ilgari sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy
javobgarlikka tortish muddatlari hisoblanadi. Oqibatda, ilgarigi va keyingi
sodir etilgan jinoyat o‘rtasida oldingi jinoyatning jinoiy-huquqiy
oqibatlarini bekor qilmaydigan muddatlargina o‘tishi mumkin. Ilgarigi va
keyingi jinoyat o‘rtasida birinchi qilmishning jinoiy-huquqiy ahamiyatini
bekor qiluvchi katta vaqt davri o‘tgan bo‘lsa, jinoyatlarning bunday
birikuvi, takroran jinoyat sodir etish haqida so‘z yuritish imkonini
bermaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, «agar shaxs ilgari sodir etgan qilmishi
uchun javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan bo‘lsa, jinoyat takroran
sodir etilgan deb topilmaydi»
Dostları ilə paylaş: