Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti
(JK 41-moddasi 2-qismi) .
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
qonuniyligining ikkinchi sharti
tavakkalchilik qilmay turib ijtimoiy foydali maqsadlarga erishib bo‘lmasligidir . Ushbu maqsadni oddiy
usullar bilan amalga oshirish imkoni borligi ayon bo‘lgan holatlarda xavfli
harakatlarning qonuniyligi o‘z kuchini yo‘qotadi va yetkazilgan zarar
uchun javobgarlik umumiy asosda kuchga kiradi. Ayni paytda, sud va
tergov organlari ushbu masalani hal etishga alohida yondashmoqlari
lozimdir, chunki jamiyatga manfaatli maqsadlarni oddiy usullar bilan
amalga oshirish imkoni har qaysi ishning alohida holatlari va faktlarga
bog‘liqdir. Shu sabab, u mavhum shaklda emas, balki aniq shaklda, ya’ni
ishning konkret holatlariga nisbatan tatbiq etilish imkoniga ega bo‘lishi
lozimdir.
Shuni nazarda tutish lozimki, ijtimoiy foydali maqsadni hech qanday
zararsiz amalga oshirish imkoni yo‘qligi, o‘sha zararni yetkazmaslik iloji
yo‘qligini anglatmaydi, ya’ni bunda huquq va erkinliklarga zarar yetishi
ehtimoli bor deb aytiladi, lekin ushbu zararni yetkazmaslikning iloji yo‘q
deb ko‘rsatilmaydi. Aks holda, ya’ni subyekt oldindan qaytarib
bo‘lmaydigan zararli oqibatlarni yuzaga kelishini bilgan holda, xavfli
harakatlarni sodir etsa, ular ko‘rilayotgan modda qoidalari asosida
baholanishi mumkin bo‘lmaydi, chunki ushbu holatda lozim bo‘lgan
tavakkal etib harakat qilish elementi mavjud bo‘lmaydi.
Xavfli harakatlar ular zararli oqibatlarni yuzaga kelishi oldini olish
imkoniyatlarini obyektiv tarzda ko‘rsatuvchi
zamonaviy ilmiy-texnika bilimlariga va tajribalariga muvofiq kelgan holatda oqlanadi. Shaxs o‘z
tavakkalchilik tarzidagi harakatlarini amalga oshirishda tibbiyot, texnika
sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan kelib chiqishi lozim. Shu bilan
birga, shuni inobatga olish lozimki, qonun tavakkalchilik texnikaviy
me’yorlar va qoidalarga emas, balki zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va
tajribalariga muvofiq kelishini talab etadi.
Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlarning zamonaviy bilim va
tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari, avvalo, bunday
433
qilmishlarning subyekt bilimlar va subyekt tajribalarga muvofiq bo‘lishini
bildiradi.
Tavakkalchilik harakatlarini amalga oshirishning muhim shartlaridan
biri –