Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə329/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli 
choralarni ko‘rgan bo‘lishligidir
. Ko‘rilgan chora-tadbirlarning zarurligi 
obyektiv va subyekt mezonlar asosida belgilanadi. 
Obyektiv tomondan
xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shundan 
iboratki, tavakkalchilik bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish sharoiti 
aynan shu choralarning ko‘rilishini talab qiladi (masalan, yong‘in bilan 
bog‘liq tajribalarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini 
ko‘rish zarur). 
Subyekt tomondan
xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shuni 
bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibat va uning 
hajmini anglay oladi, shu sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz 
bo‘lishi uchun ham u shunday choralarni ko‘rishi lozim bo‘ladi. 
Shuni e’tiborga olish lozimki, zarur choralarni ko‘rish har qaysi 
holatda ishning barcha holatlarini o‘rganib chiqish asosida hal etilishi 
lozim bo‘lgan faktlarga ham bog‘liqdir. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlar mavjud bo‘lgan 
taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy hisoblanadi, yetkazilgan 
zarar esa jinoiy emas deb topiladi. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq 
asosli tavakkal qilishdan ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan 
va yetkazilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi 
mumkin bo‘lgan natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham tavakkalchi 
shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. «Kasb yoki xo‘jalik 
faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy 
foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali 
maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foydali natijadan 
ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab 
bo‘lmaydi» 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin