shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lishligidir . Ko‘rilgan chora-tadbirlarning zarurligi
obyektiv va subyekt mezonlar asosida belgilanadi.
Obyektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shundan
iboratki, tavakkalchilik bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish sharoiti
aynan shu choralarning ko‘rilishini talab qiladi (masalan, yong‘in bilan
bog‘liq tajribalarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini
ko‘rish zarur).
Subyekt tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shuni
bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibat va uning
hajmini anglay oladi, shu sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz
bo‘lishi uchun ham u shunday choralarni ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, zarur choralarni ko‘rish har qaysi
holatda ishning barcha holatlarini o‘rganib chiqish asosida hal etilishi
lozim bo‘lgan faktlarga ham bog‘liqdir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlar mavjud bo‘lgan
taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy hisoblanadi, yetkazilgan
zarar esa jinoiy emas deb topiladi. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
asosli tavakkal qilishdan ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan
va yetkazilgan zarar ijtimoiy foydali maqsadga erishish natijasida olinishi
mumkin bo‘lgan natijadan ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham tavakkalchi
shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. «Kasb yoki xo‘jalik
faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilishda ko‘zlangan ijtimoiy
foydali natijaga erishilmagan va keltirilgan zarar ijtimoiy foydali
maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan foydali natijadan
ko‘proq bo‘lgan taqdirda ham yetkazilgan zarar javobgarlikka sabab
bo‘lmaydi»