Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə330/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

(JK 41-moddasi 3-qismi)

Ayni paytda, agar shaxsning harakati qonuniylik shartlaridan biriga 
muvofiq kelmasa, u umumiy asosda baholanadi va xavf mavjud bo‘lgan 
434 


holat jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida JK 55-moddasi 1-qismi «e» 
bandiga muvofiq, ya’ni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo‘lganligi 
tufayli jazoni yengillashtiruvchi holat qatoriga kiritiladi. 
Ammo, shaxs ishning haqiqiy holatlari bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘ygan 
bo‘lsa (masalan, ijtimoiy foydali maqsadini amalga oshirish uchun xato 
harakat qilsa; ma’lum xavfsizlik choralarini ko‘rish borasida xatolikka yo‘l 
qo‘ygan bo‘lsa), ushbu holatda aybdor shaxsning harakatlarini faktik xato 
bilan bog‘liq qonun-qoidalar asosida kvalifikatsiya qilinishi lozimdir, ya’ni 
tavakkalchilik qonuniy shartlar asosida amalga oshirilganligi tufayli 
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. 
Subyekt tavakkalchilik harakatlarini amalga oshirishda qonuniy shartlarga 
rioya qilmagan holatlarda uning harakatlari qasddan yoki ehtiyotsizlik 
sifatida umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. 
Odamlarning halok bo‘lishi, ekologik falokat va boshqa og‘ir 
oqibatlarga sabab bo‘lishi oldindan ma’lum bo‘lgan
xavfli harakatlarni 
oqlangan deb tan olmaslik xavfli harakatlarning qonuniyligini belgilovchi 
alohida bir shartdir. «Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi, 
ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi 
mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi» 
(JK 
41-moddasi 4-qismi)

Odamlarning halok bo‘lish xavfi
deganda, tavakkalchilikni amalga 
oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning hayoti xavf ostida 
qolishi tushuniladi. 
Ekologik halokat
– insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar 
yetkazilishi va bu zarar insoniyatning keyingi hayoti uchun jiddiy xavfni 
keltirib chiqarishini bildiradi (gaz, neft avariyalari, keng qamrovli o‘rmon 
yong‘inlari). 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin