7-§. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
O‘zbekiston jinoyat qonunida kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
asosli tavakkalchilik kabi qilmishning jinoiyligini
istisno qiluvchi holat
sifatida alohida institut mavjudligining ahamiyati katta, zero, bu
jamiyatning taraqqiy etishiga ko‘mak berib, ma’lum holatlarda turli
eksperimentlarni amalga oshirgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod
qilib, qaror qabul qilishda yanada tashabbuskorroq bo‘lish imkoniyatini
yaratadi. Ayni paytda, qonun asossiz, mas’uliyatsiz harakatlarni sodir
etishning oldini oladi va xavfli harakatlarni sodir etish yoki etmaslikning
qonuniyligini belgilab beruvchi shartlarni ko‘rsatadi. Ushbu shartlar
buzilgan holatda shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishga asos paydo bo‘ladi.
JK 41-moddasida
ijtimoiy foydali maqsadga
erishish uchun kasb
yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb
topilmasligining shartlari ixchamlashgan shaklda ko‘rsatilib o‘tilgan.
Mazkur shartlar, birinchidan, qilmishdagi tavakkalchilikni ijtimoiy foydasi
tarafidan, ikkinchidan, uni amalga oshirishdagi xatti-harakatlarni ma’lum
darajadagi xavfsizligiga rioya qilinganligi tarafidan tavsiflanadi. Aynan
shunda, qilmish mazkur barcha
talablarga rioya etilganda, u kasb yoki
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik sifatida tan olinib, mos
ravishda, jinoyatni istisno qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: