Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilikning
shartlaridan birinchisi –
bu
ijtimoiy foydali maqsadga
yo‘naltirilganligidir. Xususan, JK 41-moddasi 1-qismiga
asosan,
«Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga
bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va
qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi». Bu
shuni anglatadiki, tavakkalchilik jamiyat va davlat uchun manfaat
keltiruvchi natijalarga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda shuni e’tiborga
olish lozimki, tavakkal qilib sodir etilgan harakatlardan hosil bo‘lgan
ijobiy natija sezilarli suratda ushbu harakatlar tufayli yuzaga
kelgan salbiy
oqibatlardan ustun bo‘lishi kerak. Xususan, tavakkal qilib sodir etilgan
harakatning ijtimoiy foydali maqsadi, insonlar hayoti va sog‘lig‘ini asrab
qolishi, ish mahsuldorligini sezilarli sur’atda oshiruvchi yangi texnika yoki
texnologiyani
kashf etish, rivojlanish sur’atlarini keskin tarzda oshiruvchi
yangi fizik qonunlarni va kimyoviy elementlarni topish va hokazolarni
qamrab oladi.
Shaxsiy maqsadlarga yo‘naltirilgan tavakkalchilik asosli deb
hisoblanmaydi. Ayni paytda, shaxsiy maqsadlarni shaxsiy motiv
(sabab)lardan farqlash darkor. Ushbu talab qo‘yilishiga sabab –shaxsiy
motivlarning shaxsiy maqsadlarga mos kelmasligidir. Chunki, motiv u
yoki bu qilmish sodir etish istagini tug‘diruvchi sababdir. Shu sababli
shaxsiy motiv ijtimoiy foydali maqsadga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin.
Masalan, olqishlarga sazovor bo‘lish uchun shaxsni o‘limdan qutqarish.
Shuni
nazarda tutish lozimki, ijtimoiy foydali maqsad qilmishni kasb
yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik sifatida kvalifikatsiya
qilish, unga to‘g‘ri huquqiy baho berish hamda jinoiy javobgarlik
masalasini hal qilish uchun muhimdir (basharti subyekt
jinoiy
javobgarlikka tortilgan bo‘lsa).
«Agar sodir etilgan harakat zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va
tajribalariga muvofiq kelgan, qo‘yilgan maqsadga esa, tavakkal qilmay
erishishning iloji bo‘lmagan hamda shaxs huquqlar va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini
olish uchun
432
tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb
topiladi»
Dostları ilə paylaş: